Page 40 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 40

olib borish uslubiyati va tajriba sxemasi keltiriladi. Tadqiqot olib borish

              uslubiyatida  ilmiy  ishda  qo‘llaniladigan  har  bir  agrotexnik,  fiziologik,
              agrokimyoviy, agrofizikaviy va boshqa eksperimentlani uslubiy asoslari

              aniq ko‘rsatilishi lozim.

                   4.  Kutilayotgan  natijalar.  Bu  bo‘limda  ilmiy  ishdan  kutilayotgan
              natijalar,  ilmiy  ishning  ilmiy  va  g‘oyaviy  asoslari,  iqtisodiy

              samaradorligi ko‘rsatiladi.

                   5. Foydalanilgan           adabiyotlar.         Bu       bo‘limda         adabiyotlar
              foydalanilgan adabiyotlaning toliq royxati keltiriladi.

                   Ilmiy  dastur  foydalanishdan  oldin  uslubiy  va  ilmiy  kengashlarda

              ko‘rib chiqilishi va tasdiqlanishi lozim.
                   Ilmiy  ishdagi  barcha  jarayonlar  qat’iy  dasturga  amal  qilgan  holda

              olib boriladi. Turli sabablarga ko‘ra ilmiy ishda dasturga amal qilinmasa

              ilmiy  ish  buzilgan  bo‘ladi.  Ishchi  dastur  ilmiy  ishlarga  tayyorgarlik
              ishlardagi  oxirgi  va  yakunlovchi  bosqich  bo‘lib  hisoblanadi.  Bunda

              ishchi  gipotezani  aniqlashning  turlari,  uslublari  ko‘rsatilgan  bo‘ladi.

              Bundan  tashqari,  ish  rejasida  tajriba  o‘tkazish  bosqichlari,  tajriba
              sxemasi, tajribani o‘tkazish sharoitlari, kuzatish ishlari va ulami bajarish

              uslubiyati hamda tajribaning elementlari ko‘rsatilgan bo‘ladi. Tajribani
              olib  borish  va  kuzatishni  bajarish  jarayonida  ish  dasturi  to‘ldirilib

              aniqlik  kiritilib  berilishi  mumkin.  Tajribaning  ish  dasturida  asosan

              quyidagi malumotlar, uslubiyatlar ko‘rsatilishi kerak:
                   A. Tajribaning turi, kuzatishlar soni, kuzatishning olib borish uchun

              o‘simliklami ajratish uslubiyati.

                   B. O‘rganilayotgan  omillar,  tajriba  sxemasi,  o‘rganish  muddati,
              kuzatish va tayyorgalik ishlari, tajriba maydoning tuproq iqlim sharoiti,

              joylashgan o‘mi, tahlillarni bajarish uslublari.
                   C. Barcha  ko‘rsatkichlar,  olingan  malumotlar  va  statistik  ishlab

              chiqish  uslublari  va  boshqalar.  Ishchi  dastuni  tuzishda  tajriba  sxemasi

              keltirilishi  lozim  bo‘lgan  asosiy  ko‘rsatkichlardan  biri  hisoblanadi.
              Chunki,  tajribani  to‘g‘ri  olib  borish,  o‘rganilayotgan  omillarni

              samaradorligini to‘g‘ri baholash tajriba sxemasiga bog‘liq.

                   Tajriba sxemasi uslubiy jihatdan to‘g‘ri, mukammal tuzilishi, bunda
              tajriba dasturga qat’iy rioya qilingan tarzda olib borilishi lozim.


                                                           40
   35   36   37   38   39   40   41   42   43   44   45