Page 44 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 44

DALA TAJRIBALARI VA ULARNING TURLARI.

                              DALA TAJRIBASI VA PAYKALI OLDIGA
                                       QO‘YILADIGAN TALABLAR



                   Dala  tajribalarini  boshqa  tajribalardan  farqi  shundaki,  dala
              tajribalarida hamma omillar tabiy tuproq va iqlim sharoitida, ya’ni ishlab

              chiqarish sharoitiga yaqin sharoitda olib boriladi.

                   Madaniy  ekinlarning  hosildorligi  bilan  unga  ta’sir  etuvchi  omil
              o‘rtasidagi  aniq  bog‘liqlikni  baholashda  dala  tajribasi  to‘liq  ta’suvvur

              ko‘rsatib  borishi  mumkin.  Bundan  tashqari  shunday  maqsadlarda  olib

              boriladigan  tajribalar  mavjudki,  faqatgina  dala  tajribasida  aniq
              natijalarga  erishishi  mumkin.  Masalan,  tuproqqa  ishlov  berish,

              almashlab         ekishni       o‘rganish,        mineral       o‘g‘itlar       me’yorini,

              gerbitsidlarning ta’sirini  o‘rganish shular jumlasidandir.
                   Dala  tajribasida  olingan  ma’lumotlarning  aniqlik  darajasi  va

              ma’lumotlarning  ilmiy  qiymati  ko‘p  jihatdan  talab  qilinadigan  uslubiy

              talablaga bog‘liq bo‘lib, bu talablar quydagilardan iborat.
                   1.Tajriba maydonining tipikligi

                   2. Tajribalarni alohida ajratilgan uchastkalarida olib borish
                   3. Hamma variantlarda sharoitlarning bir xilligi

                   4.  Hosilni  yig‘ishtirish  va  hamma  bajarilgan  ishlarning  aniqlik

              darajasiga  amal qilish
                   Hamma  dala  tajribalarini  ohirgi  ko‘rsatkichlaridan  biri,  ya’ni

              amalga        oshiriladigan         ma’lumotlardan           biri,     bu      hosildorlik

              ma’lumotlaridir.  Shuning  uchun  dala  tajribasi  uchun  shunday  maydon
              tanlash  kerakki,  uning  hamma  yerida  unumdorlik  ko‘rsatkichlari  va

              tuproq tarkibidagi ozuqa moddalar miqdori bir hil bo‘lib, hosildorlikka
              o‘rganilayotgan  omildan  boshqa  narsa  ta’sir  qilmasin  yoki  tuproqning

              hamma ko‘rsatkichlari bir hil bo‘lishini ta’minlash lozim.

                   Tuproqning barcha unumdorlik ko‘rsatkichlari deganda-tuproqning
              agrokimyoviy,  agrofizikaviy,  meliorativ,  biologik  xossalarning  hamda

              relefning bir xil bo‘lishi tushuniladi.







                                                           44
   39   40   41   42   43   44   45   46   47   48   49