Page 49 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 49

DALA TAJRIBASINI OLIB BORISH. DALA TAJRIBASINI

                                                TASHKIL ETISH


                   Tajriba  olib  borishda  tajriba  uchun  yer  tayyorlash  eng  muhim  va
              ma’suliyatli  tadbirlardan  biri  hisoblanadi.  Tajriba  dalasi  bir  qator

              talablarga javob berishi lozim. Bu talablarga: tajriba dalasining tipikligi,
              agroximik,  agrofizik,  meliorativ  xususiyatlarining  bir  xilligi,  bir  xil

              o‘tmishdosh  ekinlardan  keyin  ekilishi,  sizot  suvlarning    joylashishi,
              relefi bir xil bo‘lishi lozim.

                   Tuproq xosalarini o‘rganish uchun tajriba dalasining turli joylarida
              konvert usulida beshta joydan, ikkita qatlamdan (haydalma va haydalma

              osti)  jami  10  tuproq  namunalari  olinadi.  Olingan  tuproq  namunalari

              asosida  tuproqning  agrofizik,  agrokimyoviy  va  meliorativ  xossalari
              aniqlanadi.
                   Tajriba  olib  borishda  va  dala  tanlashda  shuningdek  dalaning

              kattaligi va tuzilishiga e’tibor berish lozim. Ya’ni, bunda barcha variant

              va  qaytariqlarni  dalaga  joylashtirilishi  hisobga  olinadi.  Masalan  ekish
              meyori 3, 3.5,  4, 4.5, 5, 5.5, 6 mln/ga bo‘lgan 7 ta variantdan iborat dala

              tajribasi uchun yer tanlashimiz lozim.
                                                                               2
                   Tajribada har bir variantning maydoni 100 m , ya’ni eni 3,6 metr,
              uzunligi 27,8  metrdan iborat. Tajriba to‘rtta qaytariqda olib borilsa va
              barcha  qaytariqlar  bir  yarusda  joylashtirilsa  tajriba  uchun  quydagicha

              dala maydoni talab etiladi.
                   Tajribada jami variantlar 7x4=28 da delyankada joylashtiriladi. Va

              bunda  delyankaning  eni          28x3,6=100,8  metrni  tashkil  etadi.  Dalaning
              ikki  tomonidan  5  metrdan  10  metrdan  himoya  maydoni  ajratiladi.

              Demak, tajriba dalasining umuiy kengligi 111 metrni tashkil qiladi. Har

              bir  delyankaning  uzunligi  28  metrdan  iborat.  Himoya  maydoni  uchun
              5x2=10 metr, o‘q ariq va tashlama ariqlar uchun 2 metr, yo‘laklar uchun
              2 metr ajratiladi.

                                               28+10+2+2=42 metr

                   Biroq,  sug‘oriladigan  sharoitda  har  bir  egatning  uzunligi  70-80
              metrdan  kam  bo‘lmasligi  maqsadga  muvofiqdir.  Demak,  tajriba

              dalasining umumiy maydoni 0,8-1,0 gektarni tashkil qiladi. Agar har bir
                                                     2
              delyankaning  maydoni  200m bo‘lganda  bu  ko‘rsatkich  ikki  barobar
              yuqori, ya’ni 1,6-2,0 gektarni tashkil etadi.
                                                           49
   44   45   46   47   48   49   50   51   52   53   54