Page 46 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 46

Dala tajribalarini to‘g‘ri va aniq bajarishda qo‘yiladigan talablardan

              yana  biri,  tajriba  maydonida  o‘rganilayotgan  omillardan  boshqa
              hamma sharoitlarni bir           xilligini ta’minlashdan iboratligi hisoblanadi

              va bu bir farqlilik prinspi deb ataladi.

                   Hamma  turdagi  dala  tajribalarida  ushbu  talabga  qa’tiy  rioya
              qilinishining  sababi,  Shundan  iboratki,  ko‘p  xollarda  tajribalardan

              olinadigan  ma’lumotlarni  xulosa  qilishda  chalkashliklarni  keltirib

              chiqaradi.  Agar  azotning  yillik  meyori  o‘rganilayotgan  bo‘lsa,  farq
              qilinayotgan omil bu faqat azotning me’yori bo‘lishi kerak.

                   Qolgan  shart-sharoitlar  va  omillar  hamma  variantlarda  bir  xil

              bo‘lishi  kerak.  Kultivatsiya,  sug‘orish,  o‘g‘it  solish,  tuproqqa  ishlov
              berish  kabi  omillar  boshlangan  kunda  tugashini  ta’minlash  shart.  Aks

              holda  olingan  qo‘shimcha  hosil  azotning  yillik  mey’ori  hisobiga

              yetishtirilganiga ishonchsizlik (shubha) vujudga kelishi mumkin. Ushbu
              talabga rioya qilinmasdan dala tajribasining samaradorligini ham to‘g‘ri

              aniqlab bo‘lmaydi.

                   Ba‘zi turdagi  dala tajribalarida bu talabdan bir chetga chiqilganga
              o‘xshaydi.  Misol  uchun,  tuproqqa  chuqurlatib  ishlov  berish

              o‘rganilayotgan  dala  tajribalarida  chuqur  ishlov  berilayotgan
              variantlarda  tuproqning  namligi,  namlik  rejimi  va  harorati  biroz

              o‘zgartiriladi. Lekin bu holni ta’siri juda katta bo‘lmaydi. Barbir ta’sir

              etuvchi qo‘shimcha omillar birga o‘rganilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
                   Agar  ikkita  yangi  g‘o‘za  navi  solishtirilib  o‘rganilganda  ko‘chat

              qalinligiga  e’tibor  berish  lozim.  Ma‘lumki,  har  qaysi  nav  o‘ziga  xos

              oziqlanish  maydoni  va  ko‘chat  qalinligini  talab  etadi.  Shuning  uchun
              qolgan  omillarning  bir  hilligini  saqlagan  holda  ko‘chat  qalinligi

              o‘rganiladi. Demak, hamma turdagi dala tajribalarida bir xillik prinspiga
              amal qilgan xoldagina aniq va ishonchli ma’lumotlar olish mumkin.

                   Yuqorida  sanab  o‘tilgan  dala  tajribalarini  olib  borishda  amal

              qilinishi zarur bo‘lgan talablardan biri dala tajribalarini tarixi aniq va
              alohida tajriba uchun ajratilgan maydonlarda bajarilishidan iborat.

                   Dala  tajribalarini  alohida  tajriba  uchun  ajratilgan  maydonlarda

              o‘tkazishning  qulay  tomoni  shundan  iboratki,  bu  holatda  tajriba
              maydoning  tarixi,  o‘tmishdosh  ekinlarning  bo‘lganligi  uchun,  hamda


                                                           46
   41   42   43   44   45   46   47   48   49   50   51