Page 47 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 47

o‘tgan  yili  qancha  miqdorda  kimyoviy  moddalar  va  mineral  o‘g‘itlar

              ishlatilinganligi  aniq  bo‘lib,  ularning  kelgusi  yilda  qayta  ta’sirini
              hisobga  olgan  holda  ilmiy  ishni  rejalashtirilsagina  olingan  natija

              faqatgina o‘rganilayotgan omilning ta’sri bo‘lib hisoblanadi.

                   Olib borilgan dala tajribalaridan ma’lumki, bir xil chuqur haydash
              mineral o‘g‘it va kimyoviy moddalarning qayta ta’siri natijasida 20-40%

              gacha qo‘shimcha hosil olish mumkin. Bundan tashqari tuproqning tabiy

              unumdorligini  aniqlash  uchun  hamda  almashlab  ekish  sxemalari
              bo‘yicha  olib  boriladigan  dala  tajribalari  uchun  asosan  uzoq  muddat

              talab qilishi bilan birga, endi o‘rganilayotgan omillarni solishtirish yoki

              to‘g‘ridan –to‘g‘ri bajarish imkoni yaratiladi.
                   Dala  tajribalari  oliib  borishda  nihoyat  oxirgi  to‘rtinchi  talab,  bu

              olingan  hosilni  va  uning  ishonchlilik  darajasini  aniqlashdan  iborat

              bo‘lib,  dala  tajribalarining  yakunlovchi,  iqtisodiy  ko‘rsatkichni
              baholovchi  asosiy  talab  bo‘lib  hisoblanadi.  Dala  tajribasidan  olingan

              hosildorlik  bo‘yicha  o‘rganilayotgan  omilning  o‘simlikka  son  va

              iqtisodiy  jihatdan  samaradorligini  aniqlash  imkonini  beradi.  Lekin
              olingan  bu  xulosalar,  tajribadan  olingan  hosil  olinganda  va  stastik

              baholanib, qoniqarli deb topilganda  asosli bo‘lib hisoblanadi.
                   Dala  tajribalarining  sxemasi  to‘g‘ri  tuzilganda,  olib  borilgan

              kuzatuv  ishlari  va  bajarilgan  ishlar  uslub  (metodika)  asosida  amalga

              oshirilgan  hamma  maydon  to‘g‘ri  tanlanganda  tajribadan  olingan
              ma’lumotlar  va  ular  asosida  qilingan  xulosalar  qoniqarli  deb

              hisoblanadi. Aks holda, tajriba qoniqarsiz deb topilib, bekor qilinadi.

                   Dala  tajribasini  olib  borilayotgan  kuzatuvchi  ko‘pincha  uch  xil
              xatolikka duch kelishi mumkin:

                   1. Tasodifiy
                   2. Muntazam uchraydigan xato (doimiy)

                   3. Qo‘pol xato

                   Ko‘p hollarda tajribalarni olib borishda tasodifan biror kamchilikka
              yo‘l qo‘yilib, kuzatish natijasida bu tasodifiy xatolik bo‘lib shakillanadi.

              Agarda qiymati juda kichik bo‘lsa ham, tasodifiy yo‘l qo‘yilgan tajriba

              kuzatishlaridan aniq ma’lumot olib borilmaydi.




                                                           47
   42   43   44   45   46   47   48   49   50   51   52