Page 48 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 48
Tasodifiy yo‘l qo‘yilgan xato ko‘p jihatdan variantlar va
kuzatishlar soniga bog‘liqdir. Shuning uchun yo‘l qo‘yilgan tasodifiy
xatolarni yo‘qotish uchun va aniqlik darajasini oshirish uchun
ko‘rsatkichlarning o‘rtachasi topiladi. Misol uchun, variant yoki
qaytariqlar bo‘yicha hosildorlik ma’lumotlari qo‘shilib, variant yoki
qaytariqlar soniga bo‘linib, o‘rtacha hosildorlik topiladi.
Tasodifiy xatoliklarning miqdorini tajribalarda kamaytirish uchun
kuzatishlar va kuzatilayotgan o‘simliklar sonini oshirish kerak. Bunday
holatda fenologik kuzatishni amalga oshirish uchun o‘simliklarni
ajrtishdaham ko‘rinadi. 100 dona o‘simlikni bir joyda tanlagandan ko‘ra
2-5 joydan tanlansa bir joyda tanlanganga nisbatan yo‘l qo‘yiladigan
xatolik kamroq bo‘ladi.
Nazorat savollari
1. Tajriba dalasiga qo‘yiladigan andoza talablar?
2. Tajriba dalasining tipikligi deb nimaga aytiladi?
3. Bir farqlilik prinspi deb nimaga aytiladi?
4. Dala tajribasida uchraydigan asosiy xatoliklar?
48