Page 53 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 53

qaytariqlar  bo‘yicha  ma’lum  tartibda  sistematik  joylashtiriladi.

              Variantlarning  sistematik  joylashtirishning  bir  necha  turlari  mavjud
              bo‘lib,  asosan  ikki  xil  usuli:  variantlarni  bir  yarusda  ketma-ket

              joylashtirish  va  bir  necha  yarusda  shaxmat  usulida  joylashtirish

              qo‘llaniladi.  Dala  tajribalarni  nisbatan  oddiy  usuli  variantlarni  bir
              yarusda ketma-ket joylashtirish usulidir. Bu usulda variantlar bir yarusda

              barcha qaytariqlar bo‘yicha oldindan tadqiqotchi tomonidan belgilangan

              tartibda joylashtirilidi. Bunda tashkiliy – texnik omillar: ya’ni tuproqga
              ishlov  berish,  oziqlantirish,  ekish,  parvarish  qilish,  hosilni  yig‘ib  terib

              olish  va  boshqalar  hisobga  olinadi.  Agar  7  variantli  dala  tajribasining

              birinchi qaytarig‘ida variantlar 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 tartibda joylashtirilgan
              bo‘lsa, qolgan boshqa qaytariqlarda ham shu tartibda  joylashtiriladi.

                   Shaxmat  usulida  joylashtirilganda  variantlarning  ketma  ketligi

              qaytariqlar  bo‘yicha  suriladi.  Keyingi  yaruslarda  variantlarni
              joylashtirishda  qancha  delyankaning  surilishini  aniqlash  uchun

              tajribadagi  variantlar  sonini  yaruslar  soniga  bo‘linadi.  Masalan,  6

              varinatli  tajribada  delyankalar  ikki  yarusda  joylashtirilsa,  ikkinchi
              yarusda  uchtaga  (6/2=3),  uch  yarusda  joylashtirilganda  esa  ikkitaga

              suriladi.Tajribada  variantlarni  sistematik  joylashtirish  nisbatan  keng
              tarqalgan usullardan biridir. Bu usulning boshqa usullardan ustunligi –

              uning qiyaligidadir. Kamchiligi esa – ayrim hollarda variantlar bo‘yicha

              kutilmagan noto‘g‘ri natijalar bo‘lish ehtimo‘li mavjud.
                   Shuningdek,          tajriba     natijalarini      statistik     tahlil     qilishning

              ishonchsizligi. Shu tufayli ko‘pchilik xorijiy davlatlarda so‘ngi yillarda

              variantlarni  sistematik  joylashtirish  usullari  kamayib  bormoqda.  Faqat
              olingan  natijalarning  statistik  tahlil  qilish  shart  bo‘lmagan  tajribalarda

              qo‘llaniladi.  Tajriba  dalasida  variantlarni  tartibsiz  joylashtirish  usuli  -
              rendamizatsiya  deb  ataladi.  Tajriba  dalasida  variantlarni  qaytariqlar

              bo‘yicha  oddiy  rendamizatsiya  joylashtirish  quyidagi  ko‘rinishda  aks

              etadi (6-rasm).
                   I qaytariq              II qaytariq            III qaytariq            IV qaytariq

                 6, 3, 5, 2, 1, 4        2, 5, 4, 6, 1, 3        1, 2, 5, 3, 6, 4        3, 4, 2, 1, 6, 5

                           6-rasm. Variantlarni rendamizatson joylashtirish


                                                           53
   48   49   50   51   52   53   54   55   56   57   58