Page 58 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 58

8.  Tajriba dalasida variantlarni tartibsiz joylashtirish usuli  qanday

              nomlanadi?
                   9.  Dala  tajribasida  qaytariqlar  asosan  necha    xil  usulda

              joylashtiriladi?
                   10. Eskitdan  sug‘oriladigan  maydonlarda  qaytariqlar  qanday

              joylashtiriladi?
                   11. Himoya yo‘lakchalari necha metr kenglikda bo‘ladi?



                                   LABORATORIYA TAJRIBALARI.


                   Ilmiy  tadqiqot  ishlari  olib  borishda  laboratoriya  eksperimentlari
              alohida, muhim ahamiyatga ega. Laboratoriya sharoitda olib boriladigan

              ilmiy tadqiqot ishlari - laboratoriya eksperimentlari deb ataladi.

                   Laboratoriya          eksperimentlari         odatda        maxsus        jihozlardan
              laboratoriya xonalarida, xona haroratida olib boriladi.

                   Laboratoriya  eksperimentlari  ilmiy  tadqiqot  ishlarida  eng  aniq,

              ishonarli  tajriba  natijalari  olishda  katta  ahamiyatga  ega.  Akademik
              N.I.Vavilovning  ta’kidlashicha  “Fan  hech  kimga  ishonmaydi,  u  aniq

              dalillarga  tayanadi”.  Aniq  dalilalrni  eksperiment  natijalariga  tayanib

              keltirishimiz mumkin. Shu tufayli ilmiy tadqiqotlarda har bir ish maxsus
              qabul  qilingan  metodika  asosida  olib  borilishi  qa’tiy  nazorat  qilinishi

              lozim.
                   Odatda  lobaratoriya  eksperimentlarida  dala  sharoitida  ko‘z  bilan

              ko‘rib  aniqlash  mumkin  bo‘lmagan  tadqiqotlar  olib  boriladi.  Masalan

              o‘simlik  va  tuproqning  kimyoviy  tarkibi,  ichki  tuzilishi,  urug‘  va  tola
              sifat  ko‘rsatkichlari  bunga  misol  bo‘la  oladi.  Qishloq  xo‘jalik  ekinlar

              hosildorligini  oshirish,  tuproq  unumdorligini  saqlash  va  oshirish,

              mahsulot sifatini yaxshilashda laboratoriya eksperimentlariga asoslanib
              ish  yuritish  g‘oyat  muhim.  Eksperimentlarni  to‘g‘ri  va  sifatli  amalga

              oshirish har bir agrotexnik tadbirlarni ilmiy asosda o‘tkazish, ekologik

              muvozanatni  saqlash,  mineral  o‘g‘itlar  samaradorligini  oshirish,
              hosildorligini dasturlash imkonini beradi.

                   Laboratoriya  eksperimentlarini  tashkil  etish.  Laboratoriya

              eksperimentlarini  tashkil  etish  va  to‘g‘ri  bajarilishi  uchun  ma’lum  bir


                                                           58
   53   54   55   56   57   58   59   60   61   62   63