Page 61 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 61
Shuningdek dalada, ochiq xududda olib boriladigan va yopiq
xududlarda, ya’ni lobaratoriya sharoitida olib boriladigan
eksperimentlarga ajratiladi. O‘simlik bilan bog‘liq eksperimentlarda
asosiy ob’ekt o‘simlik, tuproq bilan bog‘liq eksperimentlarda esa tuproq
bo‘ladi.
Laboratoriya eksperimentlari ham o‘z navbatida:
- agrokimyoviy
- agrofizikaviy
- fiziologik
- biokimyoviy
- urug‘ sifati bilan bog‘liq bo‘lgan
- tola sifati bilan bog‘liq bo‘lgan
- don sifati bilan bog‘liq bo‘lgan eksperimentlarga bo‘linadi.
Tuproqshunoslik bilan bog‘liq eksperimentlarda - tuproqning
donadorligi, hajm og‘irligi, solishtirma og‘irligi, zichligi, nam sig‘imi,
suv o‘tkazuvchanligi va boshqa agrofizikaviy xossalari aniqlanadi
Agrokimyoviy eksperimentlarda - tuproq tarkibidagi chirindi,
makro va mikro elementlar, nitrat, harakatchan fosfor va harakatchan
kaliy miqdori aniqlanadi.
Melioratsiyaga oid tajribalarda - tuproqning kislotalik darajasi (rN),
sho‘rlanishi, shamo‘l va suv eroziyasi aniqlanadi.
Fiziologik tajribalarda - barg yuzasi, transpiratsiya darajasi,
bargning so‘rish kuchi, modda almashinuvi va boshqa fiziologik
jarayonlar aniqlanadi.
Biokimyoviy eksperimentlarda - o‘simlik tarkibidagi kimyoviy
moddalar, o‘simlik moyi, oqsil, kraxmal, uglevodlar, fermentlar,
vitaminlar va boshqalar aniqlanadi.
Urug‘shunoslikka oid eksperimentlarda - urug‘likning sifat
ko‘rsatkichlari, ya’ni urug‘ tozaligi, unuvchanligi, unish kuchi, unish
energiyasi, ekishga yaroqliligi va boshqa sifat ko‘rsatkichlari aniqlanadi.
Nazorat savollari
1. Laboratoriya sharoitda olib boriladigan ilmiy tadqiqot ishlari
qanday nomlanadi?
61