Page 66 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 66
S1=
2
Masalan, 100 sm qog‘ozning vazni 750 mg. Bargning rasmi
chizilgan qog‘ozning vazni 650 mg bo‘lsa, barg yuzasi quydagi
proporsiya orqali aniqlanadi:
2
100 sm – 750 mg
x-650 mg
2
x= =86.6 sm
Barg sathini nur sezuvchi fotoqog‘ozlarda aniqlash
Bargni qog‘oz ustiga qo‘yib, ustiga shisha bostiriladi. So‘ngra
quyosh yoki kuchli elektor lampa nuri tagiga qo‘yiladi. Ma’lum vaqt
ichida bargning rasmi qog‘ozga o‘tib iz qoldiradi. Qog‘ozga tushgan
rasm qaychi yordamida ehtiyot qilib qirqib olinadi. Sifati bir xil bo‘lgan
2
shu hildagi 100 sm olib, har ikkala qog‘oz elektron torozida tortiladi va
yuqoridagi proporsion formula yordamida barg sathi aniqlanadi.
Barg sathini Avakiyan usulida aniqlash
Barg sathini aniqlashning eng sodda usullaridan biri A.G.Avakiyan
usulida aniqlash hisoblanadi.
A.G.Avakiyan barg sathini aniqlash uchun barg ustiga maxsus rang
beruvchi kukunlar orqali uning rasmini tushirib, so‘ngra qirqib olishni
va yuqoridagidek tenglama orqali barg sathini aniqlashni taklif etadi.
Barg sathini nusxometr usulida aniqlash
G‘o‘za barg sathini F.A.Muminov va A.N. Abdullaevlar taklif etgan
nusxametr usuli xind olimi Tnirunf Lskary N.S va Mauerning “etalon
usuli” deb ataluvchi usulga o‘xshaydi.
O‘simlikdagi har xil yaproqdan shakli bir xil bo‘lgan bir guruhini
ajratish va ularni shakl jihatdan bir guruhga kiritish mumkin. Andijon-
35 g‘o‘za navining barglari asosan besh, uch va kamdan kam hollarda
(yosh vaqtida) bir qirrali bo‘ladi. Barglar shakli, yirik maydaligi bilan
bir - biridan farq qiladi. Bunda qog‘oz barglarining sathini aniqlash
maqsadida pishiq qog‘ozdan bargga o‘hshash alohida andozalar, ya’ni
nusxalar tayyorlanadi. Nusxaning vazni planimetr bilan aniqlangan
66