Page 68 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 68

SUG‘ORISHLAR BILAN BOG‘LIQ BO‘LGAN DALA

                    TAJRIBALARINI O‘TKAZISHNING XUSUSIYATLARI


                   Qishloq  xo‘jalik  ekinlari  xujayrasi  tarkibini  90%  gacha  miqdorini

              suv  tashkil  etadi.  Bundan  tashqari,  yashil  o‘simliklarning  fotsentez
              jarayonini  o‘tishida  suv  asosiy  xom  ashyo  bo‘lib  hisolanadi.  Shuning

              uchun qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori va sifatli mahsulot olish uchun

              ularni  suvga  bo‘lgan  talabini  va  sug‘orish  tizimini,  rejimini  hamda
              sug‘orish  meyorini  to‘g‘ri  belgilash  asosiy  ko‘rsatkich  bo‘lib

              hisoblanadi.

                   O‘simliklar uchun sug‘orishni  to‘g‘ri belgilansa, u holda ularning
              o‘suv  qismlari  bilan  hosil  qisimlari  teng  rivojlanadi.  Agar  sug‘orish

              meyori  oshirib  yuborilsa,  u  holda  o‘simliklar  o‘sib,  g‘ovlab  ketadi  va

              hosil  elementlari  kam  yoki  kichik  bo‘lib  qoladi.  Shuning  uchun
              sug‘orish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  dala  tajribalarini  olib  borishda  tajriba

              maydonini to‘g‘ri tanlash zarur. Tajriba maydoning qiyalik darajasi 0.05

              dan 0.008 qiyalikdan o‘tkazish ma‘qul ko‘riladi. Chunki, bu kabi qiyalik
              yerni namlash uchun eng yaxshi sharoit yaratib beradi. Biroq qo‘yilgan

              maqsadning  qanday  ekanligiga  qarab  boshqacha  qiyalikda  bo‘lgan
              uchastkalarni tanlash bo‘yicha bir xildagi qiyalikka ega bo‘lishi kerak.

              Aks  holda  tuproqni  bir  tekisda  va  baravar  qilib  namlab  bo‘lmaydi.

              Buning natijasida ish unumsiz bo‘ladi yoki ortiqcha suv talab qiladi.
                   Variantlarning maydonini yoki qator sonini belgilashda g‘o‘za qator

              oralig‘iga  e’tibor  berish  zarur.  Agar  qator  oralig‘i  90  sm  bo‘lganda

              variantdagi  qatorlar  soni  kamida  8  qator  oralig‘i  60  sm  bo‘lganda,
              variantlardagi qatorlar soni yanada ortadi, ya’ni kamida 12 qator bo‘lsa

              maqsadga  muvofiq  bo‘ladi.  Agarda  sug‘orish  rejimi  bilan  bir  qatorda
              boshqa  masalalar  ko‘chat  qalinligi,  o‘g‘itlash  ham  o‘rganilayotgan

              bo‘lsa,  bunday  xolda  sug‘orish  rejimi  bir  xilda  bo‘lgan  variantlarni

              birlashtirish  maqsadga  muvofiq  bo‘ladi.  Bu  esa  ekinni  sug‘orishda  va
              undan keyin ekinga ishlov berish vaqtida katta qulaydik tug‘diradi.

                   Yer  osti  suvlari  (sizot)  yuza  joylashgan  dalalardagi  variantlarning

              eni  kattaroq  bo‘lishi  zarur.  Lekin  u  qo‘ni  variantlarni  bir  vaqtda
              sug‘organda yer suvining yuqoriga ketishiga ta’sir ko‘rsatmasligi kerak.


                                                           68
   63   64   65   66   67   68   69   70   71   72   73