Page 70 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 70

O‘g‘it  va  uning  qaysi  muddatda  berilishi,  hosilga  va  meva

              elementlarini  shakillanish  sur’atiga  katta  ta’sir  ko‘rsatadi.    Sug‘orish
              vaqtida o‘g‘itni mumkin qadar hamma variantlarga bir muddatda solish

              kerak.
                   Har turdagi ob-havo, tuproq va gidrometrik sharoitlar, agrotexnika

              muddatlari uchun sug‘orish miqdori va sug‘orishning hajmini o‘rganish

              yuzasidan  ko‘pgina  mavjud  ma’lumotlar  sug‘orish  muddatlari  uchun
              sxema tuzib chiqish va sug‘orish  muddatini belgilashga imkon beradi.

              Eskitdan o‘zlashtirilgan, yer osti suvlari chuqur joylashgan bo‘z tuproqli
              yerlarda eng yaxshi sug‘orish sxemasi 2-4-1 va 2-5 bo‘lib hisoblanadi.

              Yer  osti  suvlari  yuza  joylashgan  (gidromorf)  o‘tloqi  tuproqli  yerlarni

              sug‘orish sxemasi 1-3-0 va 1-2-0 bo‘lganda o‘simliklar suv bilan to‘liq
              ta’minlanadi.  Sizot  suvlar  tuproq  yuzasidan  pastki  tomonga  joylashish

              chuqurligiga  qarab  4  ta  guruhga  bo‘lib,  sug‘orish  meyorini  belgilash
              mumkin. Respublikamizda              asosiy ekin g‘o‘za bo‘lib,  g‘o‘zaning ildiz

              sxemasi  o‘q  ildiz  bo‘lganligi  uchun  sizot  suvlarning  joylashish
              chuqurligiga qarab suvni har xil o‘zlashtirar ekan.

                   V.E.  Yermenkoning  bergan  tavsiyasiga  asoslanib,  sizot  suvlari

              yaqin  joylashgan  gidromorf  tuproqlar  sharoitida  sug‘orish  meyorini
              tabaqalashtirib  rejalashtirish  mumkin.    1-jadval  ma’lumotlaridan

              ko‘rinib  turibdiki,  agar  sizot  suvlari  1  m  gacha  bo‘lgan  chuqurlikda
              joylashsa,  sug‘orish  me’yorini  yarmidan  ko‘p  qismini  g‘o‘za  sizot

              suvlaridan  o‘zlashtirir  ekan.  Shuning  uchun  sizot  suvlari  joylashgan
              tuproqlarda  sug‘orish  bo‘yicha  dala  tajribasi  o‘tkazishda,  sug‘orish

              me’yorini  aniqdashda  yuqoridagi  qonuniyatga  ham  amal  qilinsa

              maqsadga muvofiq bo‘ladi.
                   Agar  sizot  suv  chuqurligi  1  m  gacha  chuqurlikda  joylashsa,

                                                    3
              sug‘orish       meyori  1200  m ga  bo‘lsa,  u  holda  0,4  koeffitsentga
              ko‘paytirilib,  haqiqiy  shu  sharoitga  mos  bo‘lgan  sug‘orish  meyori

              aniqlanadi. 1200 x 0,4 = 480 m/ga
                                                                                                 1-jadval

                                   Sizot suvlarning joylashish chuqurligi

                                  3 m dan chuqurroq                        1,0
                                        2 - 3 m                           0,85
                                        1 - 2 m                           0,65
                                      1 m gacha                           0,40
                                                           70
   65   66   67   68   69   70   71   72   73   74   75