Page 74 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 74
Sug‘orish bilan bog‘liq bo‘lgan dala tajribalarida sug‘orish
normasini va muddatini belgilashda o‘rganilayotgan o‘simlik uchun
sug‘orish rejimi belgilanib chiqiladi. Shu sug‘orish rejimiga mos holatda
tuproq tarkibidagi namlik miqdoriga qarab sug‘orish zarur emasligi
aniqlanadi.
Dala nam sig‘imi o‘rganilayotgan tuproq uchun 25% ga teng bo‘lsa
va sug‘orish rejimi 65-70-60% bo‘lganda, sug‘orish me’yorini belgilash
uchun tuproqdan namuna olinib, namlik miqdori aniqlanadi. G‘o‘za
gullaguncha tuproq tarkibidagi namlik miqdori 13% ga teng bo‘lsa, u
holda sug‘orish kerakmi yoki yo‘qligi va shu bilan birga sug‘orish
me’yori aniqlanadi.
Dala nam sig‘imiga nisbatan aniqlangan namlik miqdori (52%) 65%
dan kichik bo‘lganligi uchun demak, o‘simlik sug‘orishga talabchan
ekan. Mavjud bo‘lgan tuproq namligiga bir marotaba sug‘orish uchun
talab qilinadigan suv miqdori yoki sug‘orish me’yori quydagicha
aniqlanadi:
25 – 100 %
13-x %
x= =52%ga teng bo‘ladi
M=100 x a x h (b-d)
M-sug‘orish me’yori, m/ga
3
h- tuproqning xajm massasi gr/sm
a- namlanish chuqurligi, m
b-dala nam sig‘imi
d-sug‘orishdan oldingi namlik miqdori, %
G‘o‘za gullaguncha namlanish chuqurligi 0,5 m ga teng bo‘lsa, u
holda sug‘orish me’yorini quydagicha aniqlash mumkin.
M=100x 0,5x1,3 (25-13) =780 ga
G‘o‘zaning dastlabki o‘suv davrida o‘simlik yerni to‘liq qamrab
olmaganligi uchun bir qism suv o‘simlik tomonidan o‘zlashtirilmaydi.
Shuning uchun sug‘orish meyorini belgilashda 10% me’yorgacha
qo‘shib beriladi.
74