Page 78 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 78

MINERAI O‘G‘ITLAR BILAN TAJRIBALAR OLIB BORISH


                   Mineral  o‘g‘itlarning  samaradorligi  tuproqning  turiga,  tuproq

              tarkibidagi  oziqa  elementlari  shakillariga  va                miqdoriga,  sug‘orish

              usuliga, rejimiga, sug‘orish sxemalariga ham bog‘liqdir. Shuning uchun
              ma’danli o‘g‘itlar bilan tajriba o‘tkazishda, shularga e’tibor berish kerak.

                   Dala  ekinlarining  o‘sishi  va  rivojlanishi  birinchi  navbatda  ularni

              oziqlanishi  bilan  bog‘liqdir.  Shu  tufayli  dala  ekinlarining  oziqlanishi
              bilan bog‘liq ilmiy tadqiqotlar olib borish eng dolzarb  vazifalardan biri

              hisoblanadi.

                   Ekinlarni  mineral  oziqlantirishda  birinchi  navbatda  tuproq
              unumdorligi, ekinlarning ehtiyoji va o‘g‘itlarni o‘zlashtirish koeffitsenti

              hisobga olinadi.

                   Tuproq-iqlim  sharoitlari,  o‘g‘it  me’yori,  ekin  navi  va  bosqichlar
              ta’sirida  oziq  moddalarning  olib  ketilishi  o‘zgarib  turadi.  Shu  sababli

              turli  tuproq-iqlim  sharoitlarida  o‘g‘itlar  bilan  olib  boriladigan  dala

              izlanishlarini  o‘rganish  intensiv  dehqonchilik  yuritishda  dolzarb  deb
              qarash kerak.

                   Mineral o‘g‘itlar bilan bog‘liq tajribalarni to‘g‘ri olib borish uchun
              eng  avvalo  tajriba  sxemasini  to‘g‘ri  tuzish,  bunda  o‘rganilayotgan

              variantlarni to‘g‘ri tuzishda alohida e’tibor berilishi lozim.

                   Tajribada  variantlarni  mutloq  nazorat  varianti  va  o‘rganilayotgan
              variantlarga  ajratiladi.  Odatda  mutloq  nazorat  variant  sifatida  mutloq

              o‘g‘it  solinmagan  variant  belgilanadi,  o‘rganilayotgan  variantlar  esa

              tadqiqotchilarning  maqsadiga  ko‘ra  turlicha  bo‘lishi  mumkin.  Biroq
              bunda variantlar bir biridan sezilarli farqlanishi  maqsadga  muvofiqdir.

              Masalan:
                   1 - variant (mutloq nazorat) o‘g‘itsiz

                   2 – variant N

                   3 – variant P
                   4 – variant K

                   5 - variant NPK

                   O‘g‘itlar me’yori o‘rganilganda me’yor o‘rtasidagi nisbat (farq) bir
              xil bo‘lishi lozim.


                                                           78
   73   74   75   76   77   78   79   80   81   82   83