Page 82 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 82
RJT-1,6 mineral sepgich-1-RMT-4 kabi o‘g‘itlagichlar orqali solinadi.
Variantlarda kuzgi shudgordan oldin beriladigan mineral o‘g‘itlar
meyorida farq bo‘lsa, NRU-0,5 o‘g‘itlagich ishlatish uchun variantning
kengligi yetishmaganda shu mey’orda o‘lchab bir tekisda qo‘lda berilsa
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Misol: har gektar maydonga 100 kg dan sof
xolda fosfor berish kerak bo‘lsa, xo‘jalikda 14% lik superfosfat mavjud
bo‘lsa mineral o‘g‘itlar miqdori hisoblanadi. Tajriba variantlarining
uzunligi 100 m, ekish sxemasi bo‘yicha qator orasi 90 sm bo‘lganda
variantdagi qatorlar soni 8 qatorni tashkil etganda variantni yuzasi
quydagicha hisoblanadi. 7,2 x 100=720 m. Har gektar maydonga
solinadigan superfosfat shaklidagi fosfor esa quydagi usulda aniqlanadi:
100-14 kg
x-100 kg
x=100x100/14=714,3 kg
Demak, har gektar maydonga sof holda 100 kg fosfor qo‘llash
uchun 14% lik superfosfatdan 714,3 kg solish kerak. Ushbu me’yor
variantga quydagicha hisoblanadi.
10000 m-714,3 kg
720 m-x
x=714,3x720/10000=51,4 kg
Demak 100 kg /ga me’yordan sof fosfor beriladigan variantda 51,5
kg 14% lik oddiy superfosfatdan bir tekis qilib qo‘l bilan sepib chiqiladi.
Kuzgi shudgordan oldin beriladigan kaliyning me’yori ham shu
usulda mavjud bo‘lgan o‘g‘itning turiga qarab hisoblab solinadi.
Ekishdan oldin beriladigan mineral o‘g‘it me’yorini solishda har xil
moslamalardan yoki NKU-2,4 yoki NKU-3,6 dan foydalanish mumkin.
Ekish bilan birga va oziqlantirishda esa ekish sxemasiga o‘g‘it solish
moslmalaridan foydalaniladi. O‘g‘itlagich asboblarini me’yorida sozlash
o‘g‘it bilan dala tajribasi o‘tkazishda asosiy bajariladigan ishlardan biri
bo‘lib hisoblanadi.
82