Page 87 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 87

Kuzgi g‘alla don ekinlarida mineral yoki organik o‘g‘it bilan tajriba

              qo‘yishda,  o‘simliklarni  ozuqa  elementlariga  bo‘lgan  talabi,  vegitason
              fazasi hisobga olingan xolda o‘g‘itlar taqsimoti o‘tkaziladi. G‘alla don

              ekinlari uchun sho‘ri yuvilmaydigan maydorlarda fosforli hamda kaliyli

              o‘g‘itlarni yillik me’yorlarini to‘lig‘icha kuzgi shudgordan oldin, azotli
              o‘g‘itlarni imkoni boricha qishning oxiri yoki erta bahordan boshlab 3

              marotaba  bo‘lib  berilsa  maqsadga  muvofiq  bo‘lar  edi.  Agar  azotli

              o‘g‘itlarning ko‘p qismi kuzda berilsa, o‘simlik tarkibidagi suv miqdori
              ortib ketib sovuqqa chidamlilik darajasi keskin kamayib ketadi. Shuning

              uchun dastlabki azot bilan oziqlantirishni chilladan keyin (10 fevraldan)

              boshlab berish kerak. U xolda yog‘ingarchiliklar ko‘p bo‘lib tuganligini
              hisobga olib o‘simliklarga amidli azotli o‘g‘itlarni berish tavsiya etiladi.

              Bu xolda nitratli mavjud o‘g‘itlar tarkibidagi nitratni ko‘p qismi tuproq

              singdirish  kompleksiga  singmasdan  tuproqni  o‘simlik  o‘zlashtira
              olmaydigan  chuqurlikkacha  yuvilib  ketish  evaziga  o‘g‘itlarni

              samaradorligini kamaytiradi.


                                                 Nazorat savollari

                   1.  Tajriba  stansiyasi  sharoitida  yerga  o‘g‘it  solib,  o‘tkaziladigan
              dala tajribasini nechta variantda o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi?

                   2.  Har  gektar  maydonga  sof  holda  100  kg  fosfor  qo‘llash  uchun

              14% lik superfosfatdan necha kg solish kerak?
                   3.  O‘g‘it  o‘tkazgichlar  soni  4  bo‘lsa,  har  bir  o‘g‘it  o‘tkazgichdan

              tushishi kerak bo‘lgan o‘g‘it miqdori qanday hisoblanadi?

                   4.  Traktor  g‘ildiragi  10  marotaba  aylantirilganda  har  bir  o‘g‘it
              o‘tkazgichdan tushishi kerak bo‘lgan o‘g‘it miqdori qanday aniqlanadi?

                   5.  Ekinlarga  mineral  o‘g‘itlarni  qo‘llash  texnikasi,  ya’ni  solish
              chuqurligi va himoya kengligi qaysi omillarga bog‘liq?















                                                           87
   82   83   84   85   86   87   88   89   90   91   92