Page 89 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 89
etishtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishda ham eng avvalo
mavzuni to‘g‘ri tanlash va tajribani to‘g‘ri rejalashtirish maqsadga
muvofiq. Mavzu tanlashda asosiy e’tibor potensiali yuqori bo‘lgan,
maxalliy sharoitga moslashgan, intensiv tipdagi yangi nav va duragaylar
yaratish, mineral o‘gitlar samaradorligini oshirish, suvdan samarali
foydalanish, tuproqning meliorativ holatini yaxshilash va unumdorligini
oshirishga qaratilishi lozim. Dala tajribalarida o‘simlikning qishga,
sovuqqa, qurg‘oqchilikka, isiqlikka va sho‘rga chidamliligi o‘rganiladi.
O‘simlikning tashqi muxitga munosabatini o‘rganish uchun optimal
ekish muddatlari va me’yori aniqlanadi va bu borada turli tuproq iqlim
sharoitlarda ilmiy ishlar olib boriladi. Tashqi muxitlami ta’siri
o‘simlikning o‘sish va rivojlanish jarayonida namoyon bo‘ladi.
G‘alladon ekinlarida olib boriladigan dala tajribalarida vegetatsiya
davomida ishchi dastur asosida o‘rganilayotgan hodisalani to‘liq anglash
uchun muntazam ravishda fenologik kuzatuvlar va tadqiqotlar olib
boriladi. Tadqiqotda o‘simlikka ta’sir ko‘rsatilayotgan omillami
qo‘shimcha hosilga yoki don sifatining o‘zgarishiga ta’siri aniqlanadi.
Dala tajribalarida olib boriladigan kuzatishlarda ko‘pincha meterologik
sharoitlar, tuproqning agrokimyoviy va agrofizikaviy xossalari
o‘rganiladi, o‘simlikning o‘sish va rivojlanish jarayonini aniqlash
maqsadida fenologik kuzatuvlar, o‘simiikda ko‘k massasining o‘sishi va
biologik quruq massa to‘planishini aniqlash uchun hisoblashlar olib
boriladi. O‘simlikning asosiy poya balandligi, o‘sish va rivojlanish
dinamikasi, ildiz sistemasining rivojlanishi, hosil strukturasi va don
hosildorligi aniqlanadi.
Fenologik kuzatuvlar - Bu o‘simliklami unib chiqishidan to‘liq
pishgunigacha bo‘lgan davr moboynida kuzatishga aytiladi. Uning
maqsadi-o‘simlikda rivojlanish fazalarining boshlanishi va kechishini
aniqlash. Fenologik kuzatuvlarda odatda delyankalar bo‘yicha
rivojlanish fazalarining boshlanishi, ya’ni 5-10 % o‘simiikda
kuzatilganda, to‘liq fazasi 50-75% o‘simiikda kuzatilishi qayd etiladi.
G‘alladon ekinlarida (bug‘doy, arpa, javdar, suli ) quyidagi
fazalaming qayd etilishi tavsiya etiladi: ekish muddati, unib chiqishi,
uchinchi bargning paydo bo‘lishi, tuplanish, naychalash, boshoqlash
89