Page 93 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 93
Kuzgi bug‘doyni o‘g‘itlash. Kuzgi don
ekinlar yuqori hosildorlikka ega bo‘lib,
o‘g‘itlarga talabchandir. Kuzgi bug‘doy
javdarga qaraganda mo‘tadil muhit va tuproq
unumdorligiga birmuncha talabchan. Past
haroratga chidamsiz. Tuproqdagi qiyin
eriydigan birikmalarni sust o‘zlashtiradi. 25 s
don va 60 s somon shakllantirishi uchun kuzgi bug‘doy 105 kg azot, 35
kg fosfor va 70 kg kaliy sarflaydi. Ayni miqdorda hosil berish uchun
kuzgi javdarga 80 kg azot, 35 kg fosfor va 75 kg kaliy zarur.
Kuzgi don ekinlari tuplanish davrigacha oziq moddalarini uncha
ko‘p talab qilmaydi, lekin ularning, ayniqsa fosforning, tanqisligiga o‘ta
sezgir. Naychalashdan boshoq tortishgacha o‘tadigan davrda va gullash
oldidan oziq moddalarni ko‘p miqdorda talab qiladi (8-jadval). Urug‘
unib chiqqandan toki nihollar qishlovga kirguncha eng mas’uliyatli davr
hisoblanib, bu davrda tuproqda yetarli miqdorda oziq moddalar
bo‘lishini taqazo etadi.
Kuzgi ekinlar yaxshi o‘sib-rivojlanishi va qishlashi uchun kuzda
fosforli-kaliyli o‘g‘itlarni ko‘proq, azotli o‘g‘itlarni kamroq qo‘llash
kerak. Ayni hol o‘simliklarning yaxshi tuplanishiga, baquvvat ildiz
otishiga, tanasida ko‘p miqdorda qand moddalar to‘plashiga va oqibatda
sovuqqa chidamliligi oshishiga yordam beradi.
8- jadval
Kuzgi don ekinlarning oziq moddalarga talabi:
eng yuqori talabga nisbatan % (A. V. Demin, 1989)
O‘suv davri Azot Fosfor Kaliy
Kuzgi javdar
Naychalash 76 58 82
Gullash 93 78 99
Mum pishish 100 100 100
Kuzgi bug‘doy
Kuzda va erta bahorda 47 30 48
Boshoqlash 69 65 68
Gullash 90 93 95
Sutpishish 98 97 100
To‘lapishish 100 100 100
93

