Page 90 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 90

yoki  ro‘vak  chiqarish,  sut-  mum  va  to‘liq  pishish,  hosilni  yig‘ib  terib

              olish muddati.
                   Fenologik  kuzatuv  natijalari  quyidagi  tartibda  yozib  boriladi.

              G‘alladon  ekinlarida  fenologik  kuzatuvlar  har  bir  variantning  hisobli

              maydonidagi maxsus ajratilgan 100 donadan o‘simliklarda oiib boriladi.
              Odatda  fenologik  kuzatuvlar  har  bir  variantning  hisobli  maydonlarida,

              ikkinchi va uchinchi egatlarga  yorliq ilib qo‘yilgan  o‘simliklarida olib

              boriladi.
                   G‘alladon ekinlarida fenologik kuzatuvlar 1 mart, 1 aprel, 1 may va

              1 iyun kunlari amalga oshiriladi.

                   1-martda o‘simlikning bo‘yi va barglar soni
                   1-aprelda o‘simlikning bo‘yi, bo‘g‘inlar soni, bo‘g‘in oralig‘i

                   1-  mayda  o‘simlikning  bo‘yi,  bo‘g‘inlar  soni,  bo‘g‘in  oraligi,

              boshoq uzunligi
                   1-iyunda  boshoq  uzunligi,  boshoqdagi  boshoqchalar  soni,

              boshoqdagi don soni singari sifat ko‘rsatkichlar aniqlanadi.

                   Fenologik  kuzatuvlarda  o‘simlikning  asosiy  poya  balandligi,
              o‘simiikdagi  bo‘g‘inlar  aniqlanadi  va  barglar  soni,  boshoq  va

              ro‘vaklardagi don soni, tuplanuvchanlik aniqlanadi. Kuzgi bug‘doy bilan
              olib  boriladigan  ilmiy  tadqiqotlarda  fenologik  kuzatuvlar  bilan  bir

              qatorda  hosil  strukturasini  aniqlash  bo‘yicha  hisoblashlar,  ya’ni  hisob

              ishlari olib boriladi. Hosil strukturasini aniqlash katta amaliy ahamiyatga
              ega bo‘iib, ishlab chiqarishda hosildorlik aprobatsiyasi deb yuritiladi.

                   Hosil  uchyoti.  Don  hosili  uchyotini  olib  borish  uchun  eng  avvalo

              hosil yig‘im terimi boshlanishidan bir necha kun oldin dala paykallari
              yahshilab  tekshiriladi,  har  bir  delyanka  chegaralari  ajratilib  chiqiladi.

              Delyankalaming  holati  o‘rganiladi.  Ma‘lum  darajada  zararlangan,
              ko‘chat  qalinligi  belgilangandan  kam  bo‘lgan  delyankalar  ajratiladi  va

              ularda hisob ishlari to‘xtatiladi. Bunda eng avvalo variantlardagi ko‘chat

              qalinligi va tipikligiga alohida e’tibor beriladi.
                   1) tabiiy hodisalar natijasida (sovuqdan, yog‘ingarchilikdan, do‘ldan

              va h.k) zararlanish

                   2)  chorva  xayvonlar,  parranda  va  kemiruvchilar  va  boshqa
              zararkunandalar  tomonidan tasodifiy zararlanish


                                                           90
   85   86   87   88   89   90   91   92   93   94   95