Page 94 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 94

Kuzgi  don  ekinlarni  asosiy  o‘g‘itlash  ko‘p  jihatdan  o‘tmishdosh
              ekin  turiga,  o‘g‘it  me’yori  va  tuproq  unumdorligiga  bog‘liq.  Bu  hil

              ekinlar  erta  bahordan  jadal  o‘sa  boshlaydi.    Shu  bois  ularning  azotli
              o‘g‘itlarga bo‘lgan talabi bu davrda kuchayadi. Ma’lumki, erta bahorda

              tuproqda  azotning  mineral  shakldagi  birikmalari  juda  kam  bo‘ladi,

              chunki kuzgi-qishki mavsumda tuproq harorati past bo‘lganligi sababli
              ammoni  fikatsiya  va  nitrifikatsiya  jarayonlari  sust  ketadi,  mavjud

              nitratlar  yuvilib  va  denitrifikatsiyalanib  ketganligi  sababli  o‘simlik

              ildizlari  o‘sgan  qatlamda  deyarli  qolmaydi.  Fosforli-kaliyli  o‘g‘itlar
              bilan qo‘shimcha oziqlantirishning samarasi ularni kuzgi shudgor ostiga

              qo‘llagandagiga qaraganda ancha kam bo‘ladi.
                   Kuzgi  don  ekinlariga  o‘g‘itlash  me’yorini  belgilashda  ulardan

              olinadigan  hosil  miqdori,  o‘tmishdosh  ekin  va  tuproq-iqlim  sharoitlari

              hisobga olinadi. O‘g‘itlarning o‘zlashtirilishiga kuchli ta‘sir ko‘rsatishini
              hisobga olib, sug‘orishga alohida e’tibor qaratiladi.

                   Yaxshi  madaniylashgan,  o‘tmishdosh  ekin  me’yorida  o‘g‘itlangan

              va ko‘p yillik o‘tlardan bo‘shagan maydonlarda yetishtiriladigan kuzgi
              don ekinlariga fosfor-kaliyli o‘g‘itlar to‘laligicha, azotli o‘g‘itlarning bir

              qismi kuzda solinadi. Kuzgi don ekinlarga go‘ng yoki kompost qo‘llash

              yaxshi  samara  beradi.  Mahalliy  o‘g‘itlarning  samaradorligi  tuproqning
              chirindi  bilan  ta’minlanish  darajasiga  bog‘liq:  tuproq  chirindi  bilan

              qanchalar kam ta’minlangan bo‘lsa, go‘ng ta’sirida hosildorlik shuncha

              yuqori bo‘ladi. Agar kuzgi don ekinlarni ekishdan oldin tuproqqa go‘ng
              solingan  bo‘lsa,  kuzda  azotli  va  kaliyli  o‘g‘itlar  qo‘llanilmasa  ham

              bo‘ladi  (  engil  mexanikaviy  tarkibli,  kam  unumli  tuproqlar  bundan

              mustasno).
                   O‘simliklarni  rivojlanishning  ilk  davrlarida  oziq  moddalar  bilan

              ta’minlanishini  yaxshilash  uchun  oz  miqdorda  azot-fosforli  murakkab

              o‘g‘it  qo‘llash  lozim.  Azot-fosforli  murakkab  o‘g‘itlar  ayniqsa
              ekishgacha o‘g‘itlanmagan kuzgi ekinlar uchun muhimdir.

                   Karbonatli tuproqlarda azotli, fosforli va kaliyli o‘g‘itlarni o‘rtacha

              me’yorda solish gektaridan 4-7 s qo‘shimcha hosil olishni ta’minlaydi.
              Sug‘oriladigan          dehqonchilik           sharoitlarida         kuzgi       ekinlarga


                                                           94
   89   90   91   92   93   94   95   96   97   98   99