Page 96 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 96

Kuzgi  bug‘doy  barg  orqali  oziqlantirishni  o‘simlikda  2-3    tadan

              barg  paydo  bo‘lgandan  boshlash  maqsadga  muvofiq.  Barg  orqali
              oziqlantirishda  eritma  konsentratsiyasini  rivojlanish  fazalari  bo‘yicha

              o‘simliklarning holatiga ko‘ra oshirib boriladi;

                   - O‘simlikda 2-3 ta bo‘g‘in  shakillanganda 5-7 % li eritma
                   - O‘simlikda  5-7  ta  bo‘g‘in    hosil  bo‘lib,  boshoq  shakllana

              boshlaganda 5-10 % li eritma.

                   - Gullash – sutpishish fazasida 10-15 % li eritma qo‘llash maqsadga
              muvofiq.

                   O‘tkazilgan kuzatuvlar eritma konsentratsiyasi 7 % kam bo‘lganda

              o‘simlikda  sezilarli  ijobiy  o‘zgarish  kuzatilmaydi.  Kuzgi  bug‘doyni
              boshoqlash davrida 7-10 % li karbamid eritmasi bilan oziqlantirilganda

              don hosildorligi 2-2’5 s/ga, don tarkibidagi oqsil miqdori 1’5-2 % ga ,

              kleykovina miqdori 3-4 % ga ortadi.
                   Kuzgi bug‘doyni bargdan oziqlantirishda azotli o‘g‘itlar bilan birga

              fosforli  va  kaliyli  o‘g‘itlarni  qo‘llash  maqsadga  muvofiq.  Bargdan

              oziqlantirishda  fosforli  oziqalar  o‘simlikdagi  modda  almashinuv
              jarayoniga ijobiy tasir etadi,  shuningdek o‘simlik to‘qimalarida xujayra

              shirasining  biokimyoviy  tarkibi  o‘zgarishi  natijasida  o‘simlikning
              kasallik  va  zararkunandalarga  chidamliligi  ortadi  va  o‘simlikning

              baquvvat o‘sishini ta’minlaydi.

                   Suspenziya  tayyorlash.  Alohida  idishda  8-10  kg  oddiy
              superfosfatni,     ikkinchi idishga 9-10 kg kaliy tuzini 50-60 litr hajmdagi

              iliq  suvda  eritib  olinadi.  Yaxshilab  aralashtiriladi  va  tindiriladi.  Doka

              yoki  mayda  sim  to‘rdan  o‘tkazilib  300  litr  suvda  eritilib  suspenziya
              tayyorlanadi. Xuddi shu tarzda 21-30 kg karbamid (mochevina) 300 litr

              suvda  eritilib  suspenziya  tayyorlanadi.  Tayyorlangan  suspenziyalar
              alohida yoki aralashtirilib qo‘llaniladi. Suspenziyalarni qo‘llashda havo

              haroratiga  alohida  e’tibor  berish  lozim.  Suspenziyalar  ertalab  yoki

                                                                                                       0
              kechga  tomon  qo‘llash  maqsadga  muvofiq,  havo  harorati  18-20 C
              bo‘lishi  lozim.  Harorat  yuqori  bo‘lganda  bargdan  oziqlantirishning

              samaradorligi sezilarli pasayadi.

                   Tayyorlangan eritmaning konsentrasiyasi tavsiya etilganidan yuqori
              bo‘lsa,  u  yosh  nihollarni  kuydirishi  mumkin,  aksincha  me’yori  past


                                                           96
   91   92   93   94   95   96   97   98   99   100   101