Page 95 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 95
qo‘llaniladigan o‘g‘itlarning samaradorligi yanada yuqori bo‘ladi.
Qo‘llaniladigan bir kg NPK hisobiga 7-8 kg don olinadi. Sug‘oriladigan
sharoitlarda donli ekinlardan yuqori hosil olishda birinchi o‘rinda azot,
undan keyin fosfor turadi.
Sug‘oriladigan tuproqlarda donli ekinlarning kaliyga bo‘lgan talabi
asosan tuproqdagi kaliy zahirasi hisobiga qondiriladi. Lekin bu
ekinlardan imkon qadar mo‘l hosil yetishtirish uchun azot va fosfor bilan
bir qatorda kaliyli o‘g‘itlarni qo‘llashga ham ehtiyoj seziladi.
Kuzgi bug‘doyga suspenziya qo‘llash. Ildizdan tashqari
oziqlantirish uchun azotli o‘g‘itlardan biri bo‘lgan mochevinadan
foydalanish maqsadga muvofiq. Mochevina ya’ni karbamid o‘simliklar
uchun zahira azot birikmalarining aminokislota va oqsilning
shakillanishida azot manbai hisoblanadi. Mochevinadagi amid
shaklidagi azot bargidan oziqlantirilganda amiakli selitraga nisbatan
kam energiya sarflagan holda metobolizmga kirishadi, bunda asparagin
va glutamin singari dastlab ammiakka aylanmasdan bevosita azot
almashish jarayoniga kirishadi. Mochevina suvda yaxshi eriydi.
Shuningdek bu o‘g‘itning mo‘lekulalari o‘simlik barglari tomonidan
yaxshi o‘zlashtiriladi. Mochevina suspenziyasi o‘simlik bargiga
singganda barggi organik azotni parchalab hosil organlarini harakatini
ta’minlaydi, natijada don tarkibidagi oqsil miqdori oshirish bilan birga
uning sifatini ham yahshilaydi.
Mochevina eritmasi sepilgandan keyin kechga borib, havo namligi
ortadi va bug‘doy barglarida shudring tomchilari paydo bo‘ladi. Barg
orqali oziqlantirilganda donning sifat ko‘rsatkichlari sezilarli ortishi
tajribalarda aniqlangan. Kuzgi bug‘doyni barg orqali oziqlantirishda
eritma o‘simlikning rivojlanish fazasiga qarab to‘g‘ri belgilash lozim.
O‘simlikning juda erta muddatlarda maysalash, tuplanish fazalarida
barg orqali oziqlantirish samarasiz hisoblanadi.
Birinchidan – bu davrda o‘simlikning barglari nimjon bo‘lib, ozuqa
suspenziyasidan ma’lum darajada zararlanishi mumkin.
Ikkinchidan – bu davrda o‘simlikda yetarli darajada barg yuzasi
shakillanmagani uchun eritmaning katta qismi tuproqqa tushadi,
samaradorlik sezilarli pasayadi.
95