Page 97 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 97

bo‘lsa,  samarasi  sezilmaydi.  Agar  tayyorlangan  suspenziyaning

              konsentratsiyasiga nisbatan sizda shubha paydo bo‘lsa, u holda daladagi
              g‘alla  nihollaridan  2-3  tupiga  suspenziyani  sepib  so‘ngra  ertasi  kuni

              o‘sha nihollarni ko‘zdan kechirish kerak. Agar ko‘chatlarning barglarida

              kuyish,  so‘lish  yoki  dog‘lanish  alomatlari  sezilmasa  demak,
              suspenziyaning  konsentratsiyasi  to‘g‘ri  tayyorlangan  va  u  ishlatish

              uchun yaroqli hisoblanadi.

                                Bahorgi bug‘doy, arpa va sulini o‘g‘itlash
                   Bahorgi  bug‘doy.  (Triticum  durum.)  nisbatan  kam  miqdorda

              yetishtiriladi.  Buni  tuproq-iqlim  sharoitlarining  nobopligi  bilan  emas,

              balki dehqonchilik yuritish tizimi bilan izohlash lozim. Zero, bu ekinni
              ekish  va  parvarishlash  bizning  sharoitimizda  boshqa  asosiy  qishloq

              xo‘jalik  ekinlarini  etishtirish  agrotexnikasi  bilan  bir  pallaga  to‘g‘ri

              keladi.
                                                   Suli  (Avena.)  tuproq  unumdorligi  va

                                             muhitiga  uncha  talabchan  emas.  Bahorgi

                                             bug‘doy, arpa va suli nisbatan unumdor, muhiti
                                             mo‘tadil  yoki  mo‘tadilga  yaqin  tuproqlarda

                                             yaxshi       o‘sib-rivojlanadi.         Bu      ekinlarning
                                             hosildorligi  issiqlik  rejimi  uncha  yaxshi

                                             bo‘lmagan          og‘ir       mexanikaviy           tarkibli

                                             tuproqlarda va shuningdek, yengil mexanikaviy
                                             tarkibli  tuproqlarda  keskin  kamayadi.  Sulining

                                             ildiz  tizimi  yaxshi  rivojlangan  bo‘lib,  bahorgi

              bug‘doy  va  arpanikiga  nisbatan  tuproqning  ancha  chuqur  qatlamlariga
              tushib boradi. U tuproqdagi qiyin eriydigan birikmalarni ham nisbatan

              ko‘proq o‘zlashtirish qobiliyatiga ega.
                   Ma’lum  miqdordagi  hosil  (  25  s/ga)  va  shunga  mos  somon

              tarkibidagi  oziq  moddalarning  miqdori  jihatidan  ham  tavsiflanayotgan

              donli ekinlar bir-biridan farq qiladi (9-jadval).








                                                           97
   92   93   94   95   96   97   98   99   100   101   102