Page 99 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 99

hosili  ertaroq  yig‘ishtirib  olinadigan  o‘tmishdosh  ekinlardan  keyin

              ekilgandagiga  nisbatan  ancha  yuqori  bo‘ladi.  Beda  va  dukkakli-don
              ekinlaridan  keyin  bahorgi  don  ekinlarining  azotli  o‘g‘itlarga  bo‘lgan

              talabi keskin kamayadi.

                   Bahorgi donli ekinlar uchun birinchi navbatdagi oziq elementi azot
              hisoblanadi. Ikkinchi o‘rinda fosfor turadi.Yengil  mexanikaviy tarkibli

              tuproqlarda kaliyning ahamiyati katta.

                   Bahorgi  don  ekinlarning  mahalliy  o‘g‘itlarga  talabi  kuzgi  don
              ekinlaridagidan past.

                   Barcha  tuproq-iqlim  mintaqalarida  bahorgi  don  ekinlarini  ekish

              bilan gektariga 10 kg fosfor (P2O5) ni superfosfat yoki ammofos shaklida
              qo‘llash yaxshi natija beradi. Fosforli, kaliyli o‘g‘itlarning asosiy qismi

              kuzda, shudgor ostiga berilgani ma’qul.

                   Odatda,  bahorgi  don  ekinlar  bahorda  azotli  o‘g‘itlar  bilan
              qo‘shimcha  oziqlantirilmaydi.  Faqat  sug‘oriladigan  dehqonchilik

              sharoitida,  nitratlarning  ildizlarni  tarqalish  zonasidan  yuvilib  ketish

              xavfini hisobga olib, azotning bir qismini (30-40 kg/ga) shu maqsadda
              ajratish mumkin.

                   Gektaridan  3,5-4,0  t  hosil  olish  uchun  bo‘z  tuproqlar  mintaqasida
              100-120  kg  azot,  80-90  kg  fosfor,  50-60  kg  kaliy  qo‘llaniladi.  Ilmiy-

              tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, yillik azot meyorining bir qismini (30-40

              kg) mochevina o‘g‘iti shaklida bargiga ( ildizdan tashqari oziqlantirish)
              purkash, don sifatini sezilarli darajada oshiradi.



                                                 Nazorat savollari
                   1. Asosiy don ekinlariga qaysi ekinlar kiradi?

                   2. Tariqsimon don ekinlariga qaysi ekinlar kiradi?
                   3. Fenologik kuzatuvlar deb nimaga aytiladi?

                   4. Donli ekinlarda uchotlar olib borish metodikasi

                   5. G‘alladon ekinlarida (bug‘doy, arpa, javdar, suli ) qaysi fazalami
              qayd etilishi tavsiya etiladi?

                   6. G‘alladon ekinlarida fenologik kuzatuvlar oyning qaysi sanalarida

              amalga oshiriladi?
                   7. Hosildorlik aprobatsiyasi deb yuritilishiga izoh bering


                                                           99
   94   95   96   97   98   99   100   101   102   103   104