Page 104 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 104

olinadi.  Urug‘  solinayotgan  paketchalarda  bo‘linmaning  tartib  raqami,

              namunalarning  katolog  yoki  introduksiya  raqami,  nomi,  vatani,  yig‘ib
              olingan  o‘simliklar  soni,  hosil  etishtirilgan  joyning  nomi  va  yili

              ko‘rsatiladi.  Kolleksiya  namunalari  usti  yopiq,  shabada  esib  turadigan

              ayvonlarda  marli  qopchalarda  quritiladi  va  quyidagi  belgilari  bo‘yicha
              laboratoriya  sharoitida  o‘rganiladi:  -  urug‘lar  tozalanadi;  -  namuna

              urug‘laming rangi; - urug‘ning shakli; - 1000 dona urug‘ning og‘irligi; -

                                                                2
              bitta o‘simlik mahsuldorligi; - bir 1m   hosildorlik; - urug‘ tarkibidagi
              moy miqdori; - mag‘zining chiqimi.

                                            Kungaboqarni o‘g‘itlash


                                                         Kungaboqar  (Helianthus  annus  L.)

                                                    asosan  oziq-ovqat  sanoatida  ishlatiladi.

                                                    Uning  urug‘i  tarkibida  29-56%  moy  va
                                                    15%  oqsil  bo‘ladi.  Moy  tarkibida  62%

                                                    gacha  biologik  faol  menol  kislotasi,

                                                    vitaminlardan A, D, E, K hamda fosfatidlar
                                                    mavjud.  Kungaboqar  moyi  margarin,

                                                    mayonez,  baliq  va  sabzavot  konservalari,
                                                    qandolat  mahsulotlari  ishlab    chiqarishda,

              lak-bo‘yoq  hamda  sovun  tayyorlashda  ishlatiladi.  Moyi    olingandan

              keyin qoladigan chiqindilari – shrot va kunjara chorva mo‘llariga yuqori
              sifatli oziqa hisoblanadi. Kunjara tarkibida 5-7%, shrotda esa 1% moy,

              33-35% oqsil bo‘ladi. Kunjaradan holva tayyorlanadi. Kungaboqarning

              savati (boshchasi) ham chorva mo‘llari uchun yaxshi oziqa hisoblanadi.
                   Kungaboqar  kaliy  oziqasini  xushko‘ruvchi  ekinlardan  hisoblanadi.

              U 1 tonna urug‘i va shunga mos ravishdagi qo‘shimcha mahsulot bilan
              tuproqdan o‘rtacha 60 kg -N, 26 kg- P2O5 va 180 kg -K2O hamda 10 t

              ko‘k massasi bilan mos ravishda 30, 10 va 45 kg oziqa moddalarni olib

              chiqib ketadi.
                   O‘g‘itlash. Kungaboqar o‘g‘itlash ikki usulda olib boriladi. Asosiy

              va ekish bilan birga, ekish bilan birga N-10-15, P-15-30 kg hisobidan

              solinadi. Nihollar 2-3 chin barg chiqarganida N-30-40, K-30-40 kg bilan
              oziqlantiriladi.  Ikkinchi  marta  oziqlantirish  savatcha                  hosil  bo‘lish


                                                          104
   99   100   101   102   103   104   105   106   107   108   109