Page 105 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 105

arafasida xuddi shunday miqdor bilan oziqlantiriladi. Umuman 4 tonna

              kungaboqar urug‘i olish uchun N- 150-200 kg, P- 120-150 kg, K- 180-
              250 kg  miqdorida o‘g‘itlash  kerak bo‘ladi.



                                            Yeryong‘oqni o‘g‘itlash


                                                         Yeryong‘oq  (Arachis  hypogaeae  L.)

                                                    (xitoyyong‘og‘i) – qimmatli moyli va oziq-
                                                    ovqat  o‘simligidir.  Urug‘i  tarkibida  45-

                                                    66%        qurimaydigan            va       ist’emo‘l

                                                    qilinadigan  moy  bo‘ladi,  bu  yuqori  sifatli
                                                    konservalar,         qandolat          mahsulotlari,

                                                    margarin  tayyorlash  uchun  ishlatiladi.

                                                    Uning       tarkibida      23-38%         oqsil     va
                                                    vitaminlar mavjud. Urug‘i qon hosil qilish

              xususiyatiga  ega.  Kunjara  tarkibida  45%  gacha  oqsil  bo‘lib  u  chorva

              mo‘llarga  beriladi.  Quruq  poyasi  va  bargining  tarkibida  11-19%  oqsil
              bo‘ladi,  sifati  bo‘yicha  beda  pichaniga  yaqinlashadi.  Yeryong‘oq  azot

              yig‘uvchi  o‘simlik  bo‘lib,  ildizida  ko‘plab  tuganaklar  hosil  bo‘ladi  va
              dala ekinlari uchun yaxshi o‘tmishdosh hisoblanadi.

                   O‘g‘itlash.  Shudgordan  oldin  10-15  t  go‘ng  va  60-80  kg  fosfor

              solinadi. O‘suv davrida 20-30 kg azot va 60-80 kg fosfor beriladi. Yer
              yong‘oq  ekiladigan  yer  chimqirqarli  plug  bilan  27-30  sm  chuqurlikda

              shudgor qilinib haydaladi, erta bahorda borona qilinadi, ekishgacha bir

              ikki  marta  kultivatsiya  qilinadi  va  yana  boronaladi.  Yeryong‘oq  keng
              qatorlab  qatororasi  60;  70  sm,  qatorda  o‘simliklarning  orasi  10-15  sm

              qilib ekiladi. Yeryong‘oq aprel – may oyida ekiladi, ekish chuqurligi  5-
              7 sm bo‘ladi. Ekish uchun urug‘ yoki bir urug‘li dukkaklar ishlatiladi.

              Bir gektarga 70-100 kg urug‘ sarflanadi. 1000 ta urug‘larning vazni 200-

              400  g  bo‘ladi.  Maysalar  ko‘ringandan  keyin  qator  orasiga  ishlov
              beriladi, 3-4 marta kultivatsiya qilinadi, yagana qilinmaydi. Sizot suvlar

              chuqur  joylashgan  yerlarda  5-6  marta  sug‘oriladi.  Tuganaklar  va

              dukkaklar hosil bo‘ladigan davrda tez-tez sug‘oriladi. Yeryong‘oq to‘la
              yetilganda dukkakdan genoforlar oson ajraladi, bargi sarg‘ayadi.


                                                          105
   100   101   102   103   104   105   106   107   108   109   110