Page 100 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 100
8. Hosil uchyoti qanday yuritiladi?
9. Kuzgi bug‘doyni o‘g‘itlash tartibi
10. Kuzgi bug‘doyga suspenziya qanday qo‘llaniladi?
11. Bahorgi donli ekinlar uchun birinchi navbatdagi oziq elementini
aytib bering?
12. Bir t don ( shunga mos miqdorda somon) bilan bahorgi don
ekinlar tuproqdan qancha miqdorda oziq moddalarini olib chiqib ketadi?
MOYLI EKINLARDA ILMIY TADQIQOTLAR OLIB BORISH
Moyli ekinlar guruxini xilma xil ekinlar tashkil qilgan. Bu ekinlar
har xil batanik oilalarga mansub bo‘lib morfologik va biologik
xususiyatlari bilan keskin farq qiladi. Bu ekinlani bir gurux tashkil qilish
sabablari urug va mevasida ko‘p miqdorda moy to‘planishi. Moyning
miqdori, sifati qo‘llanishi har xil bo‘ladi. Guruxning asosiy vakillari:
1. Kungaboqar-Helianthus annus L.Asteraceae.
2. Maxsar-Carthamus tinctorius L.Asteraceae
3. Kunjut-Sesamum indicum L.Pedaliaceae
4. Yer yong‘oq -Arachis hypogae L.Fabaceae
5. Kanakunjut - Ricinus-Euphoriaceae
6. Moyli zig‘ir-Linum uzitatissimum L, Linaceae
7. Raps-Brassica napus L. ssp, oleifera Metzg, Brassicaceae
8.Oq xantal-Sinapis alba L., Brassicaceae
9. Xantal - Brassica junceae Czem, Brassicaceae
Moyli ekinlarning hosildorligini aniqlash biologik hosilni aniqlash
2
uchun hisobli maydonchalardan (ekin turlariga qarab 0,25-1,0 m ) hosil
yig‘iladi, yanchiladi, vazni aniqlanadi va gektardan olinadigan biologik
hosil hisoblab chiqiladi. O‘simlik namunalarida hosil tarkibini aniqlash
mumkin. Hosil tarkibi ekin turlariga qarab quyidagicha aniqlanadi:
2
1. Kungaboqarda- 1 m da o‘simlik soni, bir tupda savat soni, bir
savatda pista soni, pista vazni, 1000-ta pistani vazni aniqlanadi.
2
2. Kanakunjutda –l m da o‘simlik soni, bir shingilda ko‘saklar
soni, bir tupdagi urug‘ vazni, 1000-ta urug‘ni vazni.Yon shoxlari ham
hisobga olinadi.
100