Page 108 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 108
Chorvachilikda chorva xayvonlarining sog‘lom o‘sib rivojlanishida
shuningdek minerallar va vitaminlar muhim ahamiyatga ega. Minerallar
va vitaminlar xayvonlar tomonidan nisbatan kam miqdorda iste’mo‘l
qilinsada ularning salomatligida g‘oyat zarur hisoblanadi. Mineral va
vitaminlaming etishmasligi xayvonlarda turli kasalliklami keltirib
chiqaradi. Minerallardan chorva xayvonlari uchun eng ko‘p osh tuzi
ishlatiladi. Osh tuzi xayvonlar ishtaxasini ochadi, modda almashinish
jarayonini yaxshilaydi. Chorva xayvonlari uchun nisbatan ko‘proq S, A
va V vitaminlari va shu vitaminlarga boy ozuqalar ahamiyatli
hisob’anadi. Ozuqabop o‘simliklar ham o‘z xususiyatlariga ko‘ra to‘rtta
guruhga bo‘linadi, bular: - g‘allasimon ozuqabop o‘simliklar; -dukkakli
ozuqabop o‘simliklar; -xilollar; -har xil o‘tlar. Ozuqabop o‘simliklar
ichida nisbatan keng tarqalgani va ahamiyatligi g‘allasimon o‘tar
hisoblanadi. G‘allasimon o‘simliklar jadal o‘sib rivojlanishi, serhosilligi,
to‘yimliligi, uglevodlarga va kraxmalga boyligi bilan ajralib turadi. Bu
o‘simliklar vegetatsiya davrining davomiyligi va biologik
xususiyatlariga ko‘ra bir yillik va ko‘p yillik g‘allasimon o‘tlarga
bo‘linadi. Jami foydalaniladigan ozuqabop o‘simliklarning qariyb 50%
dan ortigi g‘allasimon o‘tlarga to‘g‘ri keladi.
Ozuqabop o‘simliklar ichida keyingi o‘rinni dukkakli o‘simliklar
tashkil etadi. Dukkaklilar ozuqabop o‘simliklaming qariyb 30% ga
yaqinini tashkil etadi. Dukkakli o‘tlar ham boshqa o‘simliklar singari 1
yillik va ko‘p yillik g‘allasimon o‘simliklarga ajratiladi. Bir yillik
g‘allasimon o‘simliklarga bir yillik dukkakli don ekinlari: soya, loviya,
ko‘k no‘xot va boshqalar, ko‘p yillik dukkakli o‘tlarga esa: beda,
sebarga, esparset singari dukkakli o‘tlar kiradi. Ozuqabop ekinlarda
eksperimentlarni rejalashtirish. Chorvachilikni rivojlantirish ma‘lum
darajada bu soxadagi ilmiy tadqiqotlarni to‘g‘ri va sifatli olib borilishiga
bog‘liq. Ilmiy tadqiqotlarni rejalashtirishda ozuqa turlari, ozuqa balansi,
ozuqalarning to‘yimliligi va shu singari boshqa sifat ko‘rsatkichlami
oshirishga qaratilishi lozim.
Ozuqabop ekinlar bilan ilmiy tadqiqotlar olib borishda bir
tomonlilikka yo‘l qoyib bo‘lmaydi. Har bir ozuqa turining o‘ziga xos
ahamiyati va ayrim kamchiliklari mavjud qishloq xo‘jaligining boshqa
108