Page 112 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 112
PAXTACHILIKDA EKSPERIMENTLARNI REJALASHTIRISH.
FENOLOGIK KUZATUVLAR VA UCHYOTLAR OLIB BORISH
Paxtachilikning ahamiyati. G‘o‘za texnik ekinlar ichida eng
qimmatlisi hisoblanadi. U asosan tolasi uchun o‘stiriladi. Paxta tolasi
juda keng miqyosda va turli maqsadlarda ishlatiladi. Umuman paxta
ashyosi va o‘simlikning turli qismlari xalq xo‘jaligi uchun qimmatli xom
ashyo manbai hisoblanadi. Bir tonna chigitli paxtadan 340-350 kg tola,
50-60 kg momiq va 600 kg chigit olinadi.
Bir tonna chigitdan esa 170-220 kg moy, 380-400 kg kunjara, 50-
60 kg momiq, 60 kg o‘simlik oqsili, 300 kg sheluxa olinadi. Paxta
tolasining o‘ziga xos xususiyati boshqa tabiiy va sun’iy tolalarda
uchramaydi. Shuning uchun ham u elastiklik xususiyatiga ega bo‘lib,
to‘qimachilik dastgoxlarida ular bir-biri bilan yaxshi ulanadi.
Olimlardan S.Kudrin, V.Sivinskiy, O.Tueva, P.Protasov,
M.Belousov, I.Niyozaliev, T.Piroxunov, N.Ibragimov, N.Madraimov va
boshqalar g‘o‘zaning turli rivojlanish davrlarida oziq elementlarga
bo‘lgan talabini o‘rgandilar. Tajribalar natijalariga ko‘ra V.Sivinskiy
g‘o‘zani oziqa elementlariga bo‘lgan talabini ikki davrga bo‘ladi.
Birinchi davr – g‘o‘za unib chiqqandan to shonalaguncha bo‘lgan davr.
Ikkinchi davr – g‘o‘za shonalagandan ko‘saklar yetilguncha bo‘ladigan
davr. Shuni aytish keraki birinchi davrda o‘simlik asosan fosforga
talabchanlik sezsa, ikkinchi davrda ko‘proq azotga va kamroq fosforga
talabchan bo‘ladi.
Paxtachilikda o‘tkaziladigan ilmiy tajribalarda hosildorlikni
oshirishda o‘git qo‘llash tizimi muhim ahamiyatga egadir. O‘z navbatida
u quyidagi asosiy vazifalarni o‘z ichiga oladi.
1. Mineral va organik o‘gitlami turli muddatlarda to‘g‘ri taqsimlab
g‘o‘za va boshqa qishloq xo‘jalik ekinlarini oziq elementlarga bo‘lgan
talabini qondirish.
2. Ekinlardan mo‘l va sifatli hosil olish, o‘gitlar me’yorlarini ilmiy
asosda to‘g‘ri belgilab uni tuproq sharoitiga moslab qo‘llash.
3. O‘gitlami yerga to‘g‘ri solish hamda tuproq unumdorligini
sistemali ravishda ko‘tarib borish.
112