Page 117 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 117
O‘rtacha ko‘sak massasini aniqlash uchun alohida o‘simlik
namunalari ajratilishi ham mumkin, lekin bu ishni osonlashtirish
maqsadida o‘simlikning o‘sish va rivojlanishini o‘rganish uchun
ajratilgan 25 dona o‘simlikdan ham foydalanish mumkin.
O‘rtacha ko‘sak massasi dala tajribaning maqsadiga va
o‘rganilayotgan omilning ko‘sak massasiga qanchalik ta’sir etishiga
qarab asosan ikki usulda amalga oshiriladi.
Birinchi usulda, o‘rtacha ko‘sak massasini aniqlash uchun ajratilgan
o‘simliklar soni cheklangan bo‘lib, terib olinayotgan ko‘saklar soni
cheklanmagan bo‘ladi. Bunda o‘simliklar soni, hisobga olish
qatorlaridagi o‘simliklami to‘liq xarakterlab beruvchi va fenologik
kuzatish uchun ajratilgan 25 dona o‘simliklarda necha dona ko‘sak
bo‘lishidan qat’iy nazar, uslubiyat bo‘yicha terib olinadi.
Ikkinchi usulda esa kuzatilayotgan o‘simliklar soni cheklanmagan
bo‘lib terib olinayotgan ko‘saklar soni esa cheklangan bo‘ladi. Ushbu
usul O‘zbekiston paxtachilik ilmiy tadqiqot instituti tomonidan
yaratilgan 100 kataklik yupqa yashikchadan iboratki, o‘rtacha ko‘sak
massasini aniqlash uchun terib olinayotganda ko‘saklar sonini adashib
ketishdan saqlaydi.
O‘rtacha ko‘sak massasini aniqlashda o‘simliklar soni esa fenologik
kuzatishni amalga oshirish uchun qanday ajratilgan bo‘lsa, bu holatda
ham xuddi shunday, ya’ni hisobga olish maydonidagi hamma
o‘simliklarni xarakterlaydigan qilib ikki yoki uch yarusdan ma’lum
masofalar tashlab ajratiladi.
Har ikkala usul bo‘yicha ham o‘rtacha ko‘sak massasini aniqlash
uchun terimdan oldin alohida qilib ajratiladi. Birinchi terimdan oldin
birinchi, ikkinchi va uchinchi hosil shoxlarining birinchi ochilgan
nuqtalaridagi, ikkinchi terimdan oldin esa to‘rtinchi, beshinchi va
oltinchi hosil shoxlarining uchinchi terimdan oldin esa yettinchi,
sakkizinchi va to‘qqizinchi hosil shoxlarining birinchi hosil
nuqtalaridaga ochilgan ko‘saklaming yuqoridagi ko‘rsatilgan sonlari
bo‘yicha terib olinib, oldindan tayyorlab qo‘yilgan haltachalarga solib
qo‘yiladi. Xaltachaga shu namuna bilan birga, qog‘ozga qaytariq,
variant nomerlar: terilgan kun, terim soni va hosil shoxlari hamda terib
117