Page 120 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 120

davomida jami 100 dona  yoki 4,1% ga kamaygan. Hamma variant va

              qaytariqlarda ko‘chat qalinligi shu usul bilan hisoblab chiqiladi va jadval
              qilinib malumotlar solishtiriladi.

                   Hamma  turdagi  qatorlab  ekilgan  ekinlami  ko‘chat  qalinligi  ekish

              sxemasiga mos holatda xuddi shu usul bilan hisoblab chiqiladi.
                   Tor qatorlab va yoppasiga ekiladigan ekinlaming ko‘chat qalinligini

              hisoblashda hamma tomonlari 1 m, yuzasi 1 m/kv bo‘lgan ramkalardagi

              o‘simliklar soni hisoblab chiqiladi va hisobga olish maydoni hamda bir
              gektardagi ko‘chat soniga aylantiriladi.

                   Paxta  hosildorligini  aniqlash.  Ilmiy  tadqiqotlarda  hosildorlikni

              aniqlash eng asosiy vazifalardan biri. Har qanday ilmiy ishda hosildorlik
              asosiy  ko‘rsatkich,  kutilayotgan  natija,  oxirgi  maxsulot.  Shu  tufayli

              o‘rganilayotgan  variantlar  yuqori  hosildorlikka  yerishgandagina  ishlab

              chiqarishga tavsiya beriladi.
                   Hosil  hisobi  bo‘yicha  malumotlarga  ishlov  berish  quyidagilami

              tashkil etadi:

                   1. Terimlar bo‘yicha bitta ko‘sakdagi paxta vazni aniqlanadi Buning
              uchun  hisobli  maydonlardan  50  dona  ko‘sak  paxtalari  terib  olinib

              tarozida tortiladi va ko‘saklar soniga bo‘linadi.
                   2. Bitta ko‘sakdagi paxta vazni barcha terimlar bo‘yicha aniqlanadi.

                   Buning  uchun  barcha  terimlarda  zarur  variantlardagi  hisobli

              o‘simliklardan  terilgan  paxta  vazni  bir  biriga  qo‘shilib,  g‘o‘zalardagi
              paxtasi terilgan ko‘saklar soniga bo‘linadi.

                   3. Har bir variant va har bir terim bo‘yicha yig‘ishtirib olingan paxta

              miqdori  aniqlanadi.  Bunda  barcha  terimlarda  terilgan  paxta  umumiy
              paxta maydoniga bo‘linadi.

                   4.  Variantlar  va  takrorlanishlar  bo‘yicha  o‘rtacha  arifmetik
              hosildorlik s ga aniqlanadi.

                   5. Har bir variantning nazorat variantdan o‘rtacha farqi aniqlanadi

              (s/ga).
                   6. O1ingan ma’lumotlaming ishonchliligi variatsion statistik usulda

              tekshiriladi.  Bu  fenologik  kuzatishlar  va  boshqa  hisob  kitoblar  bilan

              birga  variantlar  orasidagi  farqning  ishonchliligini  aniqlash  imkonini
              beradi.


                                                          120
   115   116   117   118   119   120   121   122   123   124   125