Page 125 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 125
G‘O‘ZANI O‘G‘ITLASH
G‘o‘zaga azotli o‘g‘itlarni qo‘llash. O‘simliklarni, shu jumladan
g‘o‘zani ham mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirishda azot elementi
birinchi o‘rinda turadi. Azot g‘o‘zaning barcha o‘sish va rivojlanish
davrlarida kerak bo‘lib, o‘simlik uni amal davrining oxirigacha turli
miqdorlarda o‘zlashtiradi. Azot bilan yetarlicha ta’minlangan g‘o‘za
tuplari bo‘liq, yaxshi rivojlangan, to‘q yashil bargli bo‘ladi. Azot taqchil
bo‘lgan xollarda barglar och yashil, sarg‘ish rangli bo‘lib, ularning erta
to‘kilishi kuzatiladi. Azot o‘simlik xayotida muxim axamiyat kasb
etadigan oqsillar, xlorofill va boshqa qator organik birikmalar
(alkaloidlar, fosfatidlar va x.k.) tarkibiga kiradi. Shu boisdan ham
paxtadan yuqori va sifatli hosil olishda azotli o‘g‘itlar eng zarur oziq
moddalardan hisoblanadi. G‘o‘zani azot bilan oziqlantirish tartibi
buzilsa, paxta hosildorligi salbiy tomonga siljiydi. Azotli o‘g‘itlardan
samarali foydalanish uchun birinchi navbatda tuproq tarkibidagi azot
miqdori va uning dinamikasi xaqida fikr yuritish lozim. Azot g‘o‘za
tarkibiga boshqa o‘simliklarda bo‘lganidek, tuproq orqali o‘tadi.
+
G‘o‘zani oziqlanishida azot manbai bo‘lib tuproqdagi ammoniy (NH4 )
-
vanitrat (NO3 ) tuzlari xizmat qiladi. Tuproqlar o‘z tarkibida ma’lum
miqdorda azot tutadi. Odatda, tuproqlar tarkibida 0,1 foiz atrofida azot
bo‘lib, uning asosiy qismi organik qoldiqlar, gumus va
mikroorganizmlar tanasida jamlangan bo‘ladi. Tuproqda organik
moddalar, ayniqsa, gumus qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha mos ravishda
azot miqdori ham ko‘payadi.
Respublikamizning paxta yetishtiriladigan tuproqlari tarkibida azot
miqdori ko‘p emas, tabiiyki, u paxtadan mo‘l hosil olishni ta‘minlay
olmaydi. Ko‘p sonli tajribalar natijalarining ko‘rsatishicha, unumdor
bo‘z tuproqlarning xaydalma qatlamidagi yalpi azot miqdori 0,075-0,11
atrofida o‘zgarib turadi. Yaxshi madaniylashgan o‘tloqi tuproqlarning
xaydalma qatlamidagi yalpi azot miqdori 0,10-0,12 foizga etadi. Cho‘l
mintaqasining surtusli qo‘ng‘ir va cho‘l qumli tuproqlari tarkibida azot
miqdori sezilarli darajada kam bo‘ladi. Paxta ekiladigan maydonlarda
azot miqdorini ko‘paytirishning bir nechta yo‘llari bo‘lib, maxalliy
125