Page 127 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 127
davrida umumiy hosilga nisbatan 0,8, gullash oldidan 8,4 foiz quruq
modda to‘playdi. Quruq moddaning eng ko‘p to‘planishi birinchi
ko‘saklar ochilishi davriga to‘g‘ri keladi. Qiyg‘os gullash va hosil
to‘plash davrida bir tup g‘o‘za bir kecha-kunduz davomida 3,03-4,56 g
atrofida quruq modda to‘playdi. Shu sababdan ham amal davri davomida
g‘o‘za tarkibidagi azot miqdori bir xil bo‘lmaydi. Shonalash davrigacha
yig‘ilgan azot o‘simlikning o‘suv organlarida to‘planadi, keyinchalik
o‘simlik tarkibida yalpi azot miqdori ko‘paysada, o‘suv organlarida
to‘planmasdan, kamayib boradi.Tuproqdan olib chiqib ketiladigan azot
miqdori faqat hosil miqdoriga bog‘liq bo‘lmasdan, balki hosil sifatiga,
g‘o‘za tupining turli qismlaridagi azot miqdoriga ham bog‘liqdir.
Odatda, paxta hosili 20-30 s/ga bo‘lganda, o‘simlikning reproduktiv va
vegetativ qismlari o‘rtasidagi nisbat 1:1,5 ga teng bo‘ladi, ya’ni 1 t paxta
xom ashyosiga 1,5 t poya, barg, chanoq va boshqalar to‘g‘ri keladi.
Hosil miqdorining ortishi bilan bu nisbat paxta foydasiga o‘zgaradi.
Demak, tuproqdan chiqib ketadigan azot miqdori hosilga hamda vegativ
qismlarning unga bo‘lgan nisbatiga bog‘liq bo‘ladi. G‘o‘zaning azotga
bo‘lgan talabini bir nechta davrga bo‘lish mumkin. O‘simlikning azotga
talabchanligi chigit una boshlagandan boshlab namoyon bo‘ladi. Yer
betiga chiqqan nihollar avvaliga chigit tarkibidagi zahira azot hisobidan
oziqlanadi. Chin barg paydo bo‘lib, fotosintez boshlanishi bilan
o‘simlikning tuproqdagi azotga ehtiyoji ortadi, ya’ni azotga bo‘lgan
talabning birinchi davri boshlanadi.
G‘o‘zaning azotga talabchanligining ikkinchi davri 2-3 chin barg
chiqqandan birinchi shona paydo bo‘lguncha bo‘lib, bu davrda
o‘simlikning bosh poyasi tez o‘sadi, yangi barglar paydo bo‘ladi, o‘suv
qismlari jadal shakllanadi. G‘o‘zaning azot va boshqa elementlarga
talabi keskin ortadi, quruq modda to‘planishi kuchayadi. Lekin bu
davrda o‘simlik tomonidan o‘zlashtiriladigan barcha azotning atigi 3-5
foizi o‘zlashtiriladi. Ikkinchi davrda g‘o‘zaning azotga talabi ortibgina
qolmay, balki o‘simlik tarkibida azotli organik moddalarning hosil
bo‘lishi ham ko‘payadi.
Shonalashdan birinchi gul paydo bo‘lguncha o‘tadigan muddat
azotga talabchanlikning uchinchi davri hisoblanadi. G‘o‘za xayotida
127