Page 131 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 131

shakldagi,  kaliy  kationi  ko‘p  bo‘lganda  esa  nitrat  shakldagi  azotning

              ko‘proq yutilishi aniqlangan.
                   Ilmiy  izlanishlarning  natijalari  g‘o‘zaning  3-4  chin  barg  davrida

              g‘o‘zaga  ammoniy  sulfat  o‘g‘iti  berilganda  durkun  rivojlanishini

              ko‘rsatgan.  Bu  davrda  nitratli  azotli  o‘g‘itlar,  ayniqsa,  mochevina
              berilgan variantlarda g‘o‘zalar rivojlanishdan orqada qolgan.

                   Ma‘lumki,  tuproqda  azotning  to‘planishi  biologik  tabiatli  bo‘lib,

              organik  moddalar  tarkibidagi  azot  ammonifikatsiya  va  nitrifikatsiya
              jarayonlari  natijasida  o‘simliklar  o‘zlashtiriladigan  shaklga  o‘tadi.

              Nitrifikaytsiya jarayoni nam (namlik TNS ga nisbatan 50-70 foiz), iliq

              (30-35S)  va  kislorod  bilan  yaxshi  ta’minlangan  tuproqlarda  yahshi
              kechadi.

                   O‘zbekiston  tuproqlarida  ammonifikatsiya,  nitrifikatsiya  hamda

              denitrifikatsiya  (azotning  yo‘qolishi)  jarayonlari  jadal  kechib,  organik
              xolatdagi  va  mineral  o‘g‘itlar  tarkibidagi  azotning  ko‘p  qismi

              minerallashib,  yo‘qolishi  mumkin.  Shu  sababli  azotli  o‘g‘itlar

              isrofgarchiligini  kamaytirish  uchun  dehqonchilikda  ingibitorlar
              (nitrifikatsiya  jarayonini  susaytiruvchi  modda)  dan  foydalanish  yaxshi

              samara  beradi.  Paxtachilik  inistitutida  amalga  oshirilgan  tajribalaring

              ibitorlar  ta’sirida  paxta  hosili  gektariga  2,8-3,2  s  ga  oshgan.
              Ingibitorlarning ijobiy ta’siri Toshkent Davlat agrar universiteti olimlari

              (T.P.Piroxunov va  shogirdlari) tomonidan  o‘tkazilgan tajribalarda ham

              o‘z ifodasini topgan.
                   Azotli  o‘g‘itlarni  paxtachilikda  ishlatishdagi  muammo‘lardan  biri

              uning qoldiqlarini suv va oziq-ovqat mahsulotlariga o‘tishidir. Maxsus
              adabiyotlarning  ma’lumotlariga  ko‘ra  ichimlik  suv  tarkibidagi

              nitratlarning yo‘l qo‘yiladigan miqdori 40-50 mg/l ni tashkil qiladi. Poliz

              va sabzavot maxsulotlari hamda o‘t va o‘zlashtiriladigan yalpi azotning
              3-5,  shonalashdan  qiyg‘os  gullashgacha  25-30,  gullashdan  ko‘saklar

              ochilguncha 65-70 foizini o‘zlashtiradi.

                   1  t  paxta  xom  ashyosining  shakllanishi  uchun  g‘o‘za  30-70  kg
              (o‘rtacha 50) azot, 10-20 kg (o‘rtacha 15) fosfor va 40-60 kg (o‘rtacha

              50  kg)  kaliy  sarflanadi.  Ekishdan  oldin  qo‘llaniladigan  azotli  o‘g‘itlar

              samaradorligining  pasayib  borishi  tartibida  quyidagicha  joylashadi:

                                                          131
   126   127   128   129   130   131   132   133   134   135   136