Page 133 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 133

Masalan,  gektaridan  30  sentner  paxta  hosili  etishtirish

              rejalashtirilgan bo‘lsa, azotning yillik meyori:
                           A=(30 – 10) •  5 •  100=250 kg/ga ni tashkil etadi.

                                          40

                   Lekin bu miqdor tuproqning bir qator xossa va xususiyatlari asosida
              oshirilishi yoki kamaytirilishi mumkin: tipik va o‘tloqi bo‘z tuproqlar da

              1,0  och  tusli  bo‘z  va  shu  mintaqaning  o‘tloqi-bo‘z  tuproqlarida  1,1

              taqirli-o‘tloqi va taqirli tuproqlarda 1,2 to‘q tusli o‘tloqi va och tusli bo‘z
              tuproqlar mintaqasining o‘tloqi tuproqlarida mos ravishda 0,7 , 0,8  va

              0,9 koeffitsientlarga ko‘paytiriladi. Shuningdek, paxtaga azotli o‘g‘itlar

              meyorini  belgilashda  o‘tmishdosh  ekin  va  uni  tuproq  unumdorligiga
              ko‘rsatadigan ta’sirini hisobga olish muhim ahamiyatga ega.

                   Ma’lumki,  azotli  o‘g‘itlar  ekishgacha,  ekish  bilan  birga  va

              qo‘shimcha oziqlantirish sifatida qo‘llaniladi. Ekishgacha ( erta bahorda
              chizellash paytida) yillik azot meyorining 20-25 kg miqdori ( 8-10 %i)

              berilishi  mumkin.  Bunda  azotli  o‘g‘it  bahor  faslidagi  yog‘in-sochin

              ta’sirida  erib,  tuproqning  30-50  sm  qatlamiga  yuviladi,  qaysiki,
              nihollarning ildiz tizimi orqali osonlikcha o‘zlashtiriladi.   Ko‘p hollarda

              azotli o‘g‘itlarning bir qismi tuproqqa ekish bilan birga solinadi, lekin
              uning miqdori gektariga 20-25 kg dan oshib ketmasligi lozim, aks holda

              chigit atrofidagi azotning konsentratsiyasi ortib ketishi hisobiga ularning

              unib chiqishi kechikadi.
                   G‘o‘za  nihollarini  qo‘shimcha  oziqlantirishlar  soni  azotning  yillik

              me’yori  va  tuproq  sharoitlariga  bog‘liqdir.  Yillik  azot  me’yorining

              ekishgacha  va  ekish  bilan  birga  berilgandan  keyin  qoladigan  qismini
              rivojlanishning  2-3  chinbarg,  shonalash  va  gullash  davrlarida  teng

              miqdorlarda  taqsimlanishi  maqsadga  muvofiqdir.  Oxirigi  azot  bilan
              oziqlantirishni g‘o‘zaning nav xususiyatlariga qarab ya’ni ertapishar va

              o‘rtapisharligiga qarab tugallash zarur. Ertapishar navlarga azot oziqasi

              gullashning  birinchi  kunlari  berib  tugallanishi  kerak.  O‘rtapishar
              navlarga  esa  g‘o‘za  gullashni  boshlaganidan  so‘ng  15-kunlaridan

              kechiktirmay azotli o‘g‘itlarni berishni tugallash kerak.

                   Azotli  o‘g‘itlarni  qo‘llashda  ayniqsa  paxtachilikda,  kalendar
              muddatlarga  amal  qili  shunchalik  to‘g‘ri  bo‘lmaydi.  Sababi,  yil-yilga


                                                          133
   128   129   130   131   132   133   134   135   136   137   138