Page 132 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 132
ammoniy sulfat, mochevina, ammiakli selitra. Chigitni ekish bilan birga
tuproqqa solinadigan ammoniy sulfat va mochevina yaxshi samara (3,9-
7,0 s/ga qo‘shimcha hosil) beradi.
Avtomorf tuproqlarda g‘o‘zani oziqlantirish uchun qo‘llaniladigan
ammiakli selitra va mochevina paxta hosildorligiga bir hil ta’sir
ko‘rsatadi. Sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlarda mochevina ammiakli selitraga
nisbatan sug‘orib dehqonchilik qilinadigan maydonlar tuprog‘ining
nitrifikatsiyalash qobiliyati yuqori bo‘lganligi sababli ularda azotning
jadal migratsiyasi sodir bo‘ladi. Sug‘orish jarayonida nitratlar suv bilan
birga tuproqning quyiq atlamlariga yuvilib tushadi, sug‘orishlar orasida
o‘tadigan davr ichida esa yuqoriga ko‘tariladi, bu o‘simliklarni azot
bilan meyorida oziqlanishini cheklab qo‘yadi.
Bunday sharoitda nitratlarning yuvilib ketishi va denitrifikatsiyaga
uchrashi natijasida azotli o‘g‘itlarning anchagina qismi isrof bo‘ladi.
Azotli o‘g‘itlar isrofgarchiligini kamaytirish va ularning samaradorligini
oshirish uchun o‘g‘itlash muddati va usulini to‘g‘ri belgilash, sug‘orish
tartibiga qat’iy amal qilish, shuningdek, ammiakli azotli o‘g‘itlar va
mochevina tuproqa solinganda, azotning nitrifikatsiyalanishini ma’lum
darajada cheklaydigan tadbirlarni qo‘llash hamda nitrifikatsiya
ingibitorlaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
G‘o‘zaga beriladigan azotli o‘g‘itlar meyori quyidagi formula
asosida hisoblab topiladi:
Bu erda:
A – azotning biologic me’yori, kg/ga;
V – paxta hosildorligi, s/ga;
v – tuproqning tabiiy unumdorligi hisobiga olinadigan hosil, s/ga;
5 - 1 sentner paxtaning shakllanishi uchun sarflanadigan azot
miqdori, kg;
40 - o‘g‘it tarkibidagi azotdan o‘simliklarning foydalanish
koeffitsienti, %;
100 - o‘zgarmas son.
132