Page 137 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 137
40-65 foizga kamayadi. Sho‘r tuproqlar unumdorligini oshirishda
mineral va mahalliy o‘g‘itlarni birgalikda qo‘llashdan tashqari
«meliorator ekin» - beda ishtirokidagi almashlab ekishni joriy qilish
muxim ahamiyat kasb etadi. Sho‘rlangan tuproqlarda tuzlar
konsentratsiyasining 5-7 g/ldan, osmotik bosimning 2,5 atmdan ortib
ketishi g‘o‘zaning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Yuqori
me’yorda mineral o‘g‘itlar solingan och tusli bo‘z tuproqlarda osmotik
bosimning oshib ketishi natijasida g‘o‘za barglar tarkibidagi fosfor
miqdori sezilarli darajada kamayadi.
Ma’lumki, sho‘rlangan tuproqlarda sho‘r yuvish tadbiri amalga
oshiriladi, qaysiki, tuproqlarning fosfat rejimiga o‘ziga xos ta’sir
ko‘rsatadi. Bunday tuproqlarda fosfor yillik meyorining bir qismini
sho‘r yuvishdan keyin, ekish oldidan, qolgan qismini esa amal davrida
beriladi. Ayrim tadqiqotchilar kam me’yordagi suv bilan sho‘ri
yuviladigan tuproqlarda fosfor yillik meyorining asosiy qismini shudgor
ostiga berish tuproqdagi harakatchan fosfor miqdoriga kuchli ta‘sir
ko‘rsatmaydi.
Azot bilan yetarli ta’minlangan tuproqlarga solinadigan fosfor
g‘o‘zaning ildiz tizimini yaxshi rivojlanishiga yordam beradi. Ildizi
yaxshi rivojlangan o‘simliklar barvaqt rivojlanishiga va tez pishib
yetilishiga yordam beradi.
G‘o‘zaning amal davrining boshida fosfor bilan oziqlanishga talabi
yaxshi o‘rganilgan. Chigit unib chiqayotgan paytda o‘simlik fosforga
kuchli ehtiyoj sezadi. Chigit tarkibidagi zahira fosfor uning unib chiqishi
uchun yetarli emas. Ekish bilan birga fosforli o‘g‘itlarni tuproqning
yuzaroq qatlamlariga yoki chigit yaqiniga solish yaxshi samara beradi.
Unib chiqish jarayonida chigit o‘z tarkibidagi fosforni urug‘ barg hosil
qilishga sarflaydi. Bu davrda tuproqqa fosfor solinmagan bo‘lsa (yoki
tuproqda xarakatchan fosfor yetarli bo‘lmasa), nihollarning o‘sishi
sekinlashadi. Agar g‘o‘za 2-4 chinbarg chiqarganda fosfor yetishmasa,
hosil 15-25 foizgacha yo‘qoladi, ko‘saklarning soni va og‘irligi
kamayadi.
Tadqiqotlarning natijasi chigit ekilgandan so‘ng o‘z tarkibidagi
fosforni sharoitga qarab 10-20 kun ichida sarflab tamomlaydi. O‘simlik
137

