Page 138 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 138
me’yorida rivojlanishi va mo‘l hosil to‘plashi uchun fosforni chigit ekish
bilan birga berish lozim. Oziq muhitida fosforning konsentratsiyasi
yuqori bo‘lganda g‘o‘zaga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, o‘simlikning o‘sishi
va rivojlanishi jadallashadi, hosil oshadi, tola va chigit sifati
yaxshilanadi. Lekin fosforning me’yori azotdan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Tuproqdagi xarakatchan fosfor g‘o‘za ildizi tomonidan jadal
yutiladi va u o‘simlik tanasi bo‘ylab tez xarakatlanadi. O‘simlik ildizi
32
fosfor eritmasiga solinsa (P ), bir necha daqiqadan keyin nishonlangan
element poyaning eng yuqori qismida joylashgan barglariga yetib
borishi aniqlangan.
O‘simlik tanasining barcha qismlarida fosfor bir tekis
taqsimlanmaydi. Ildiz va barglarning to‘qimalaridagi jadal bo‘linayotgan
xujayralar qari xujayralarga nisbatan fosforni bir necha yuz barobar ko‘p
oladi. O‘simlik fosfor bilan birinchi navbatda yosh barglarni
ta’minlaydi. Agar biron sabab bilan tashqi muhitdan fosfor kelishi
to‘xtab qolsa, o‘simlik o‘z tanasidagi mavjud fosfor zahirasini sarflaydi:
fosfor qari barglardan yosh barglarga oqib o‘tadi (reutilizatsiya). Bu
jarayon g‘o‘zaning ko‘sak hosil bo‘lish davriga nisbatan shonalash va
gullashda kuchli nomoyon bo‘ladi (T.P.Piroxunov.1977). Hosilning
pishib yetilish davrida esa fosfor poya, shox va barglardan ko‘saklarga
oqib o‘tadi. Ko‘rinib turibdiki, tuproqdan o‘zlashtirilgan fosforning
asosiy qismi paxta xom ashyosi bilan daladan chiqib ketadi.
Bir tonna paxta xomashyosini shakllantirish uchun g‘o‘za 10 dan 20
kg gacha (o‘rtacha 15-16 kg) fosfor saqlaydi. Tuproqning xaydalma
qatlamida xarakatchan fosfor miqdorining kamligini (taxminan 6-10
kg/ga) va olinadigan 25-30 s hosil bilan har yili kamida 40-50 kg P2O5
chiqib ketishini hisobga olsak, paxtachilikda fosforli o‘g‘itlarning
ahamiyati yaqqol namoyon bo‘ladi.
G‘o‘zaga fosforli o‘g‘itlarni qo‘llash masalasi azaldan
tadqiqotchilarning diqqat e’tiborida bo‘lgan. Bu borada ayniqsa,
S.A.Kudrin, B.P.Machigin, P.V.Protasov, M.A.Belousov,
T.P.Piroxunovlar barakali faoliyat yuritganlar.
G‘o‘za amal davri davomida fosforga o‘ta talabchan bo‘ladigan
ikkita davrni ajratish mumkin: unib chiqish hamda gullash-ko‘saklash.
138

