Page 143 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 143

kg/ga N, 270 kg/ga P, 600 kg/ga K ) bo‘lgan holatda  490 s/ga biologik

              massa, shu hisobdan 170-180 s/ga paxta hosili olish mumkin.
                   Yana shu narsa aniqlanganki, g‘o‘za unib chiqqanidan so‘ng azot va

              fosforli  oziqalar  yetishmasa,  rivojlanishning  keyingi  bosqichlariga

              kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Mana shu salbiy xolatni keyinchalik azot
              va  fosforli  oziqlarni  ko‘plab  qo‘llash  yo‘li  bilan  ham  to‘g‘rilab

              bo‘lmaydi.  Paxta  tolasining  sifat  ko‘rsatkichlari  pasayib,  vegetatsiya

              oxirida  oziqalarni  umumiy  olib  chiqib  ketishi  kamaygan.  G‘o‘za
              vegetatsiyasining  birinchi  yarmida  optimal  me’yorda  azot  bilan

              oziqlantirib, so‘ngra gullash-ko‘saklash davrlarida azot bilan ikki xissa

              ko‘p oziqlantirilsa, g‘o‘za tupining rivojlanishi kuchayadi, natijada paxta
              hosili ortadi, sifati esa  yaxshilanadi. Vegetatsiyaning ikkinchi yarmida

              kaliy oziqasi bilan kuchli oziqlantirish ijobiy natijalar bermagan.

                   G‘o‘zaga  kaliyli  o‘g‘itlarni  qo‘llash.  Respublikamizdagi  paxta
              yetishtiriladigan  xo‘jaliklarning  tuproqlari  yalpi  kaliy  bilan  azot  va

              fosforga nisbatan  yaxshi ta’minlangan. Lekin paxta va boshqa qishloq

              xo‘jalik ekinlarining hosili bilan tuproqdan ko‘p miqdorda kaliyning olib
              chiqib ketilishi natijasida o‘simliklar tomonidan oson o‘zlashtiriladigan

              kaliyning miqdori keskin kamayadi, qaysiki, kaliyli o‘g‘itlarni qo‘llashni
              taqazo  etadi.  Kaliyli  o‘g‘itlarni  qo‘llashda  uning  tuproqdagi  miqdorini

              (K2O)  hisobga  olgan  holda  tabaqalashtirib  qo‘llash  lozim.  Kaliyli

              o‘g‘itlar ta’siri azotli va fosforli oziqalarning samarasi yuqori bo‘lganda
              seziladi.

                   Tuproqqa  azotli  va  fosforli  o‘g‘itlar  ko‘p  miqdorda  solinadigan

              yerlarda,  shuningdek,  g‘o‘za-g‘alla  almashlab  ekish  sharoitida
              ekinlarning kaliyga bo‘lgan talabi keskin oshadi.

                   Odatda  g‘o‘zaga  kaliyli  o‘g‘itlarning  me’yori  tuproqdagi
              almashinuvchan kaliy miqdorini bilgan holda belgilanadi. Agar tuproq

              mazkur element bilan o‘rtacha va yuqori darajada ta’minlangan bo‘lsa,

              kaliyning  yillik  me’yori  kamaytiriladi,  juda  yuqori  darajada
              ta’minlangan tuproqlarga kaliyli o‘g‘itlar solinmasa ham bo‘ladi.

                   Tuproqlarning  almashinuvchan  kaliy  (K2O)  bilan  taminlanganlik

              darajasi:
                   0 -100 mg/kg juda kam;


                                                          143
   138   139   140   141   142   143   144   145   146   147   148