Page 140 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 140

shudgor  oldidan  tuproqqa  solinadi.  Kuzgi  shudgorda  fosforli  o‘g‘itlar

              tuproqning  30-35  sm  chuqurlikdagi  qatlamiga  tushadi  va  o‘simlikning
              ildiz  tizimi  shu  chuqurlikdagi  fosfordan  bemalol  foydalanadi.

              Tadqiqotlar asosida fosforli o‘g‘itlarning bir qismini chigitni ekish bilan

              birgalikda  qo‘llash  paxta  hosildorligini  gektariga  2,5-3,0  s  ga  oshirish
              aniqlangan.

                   Shuningdek, fosforli o‘g‘itlarni zahiraviy qo‘llashda, o‘g‘itning to‘rt

              yillik  meyori  (1204)  birdaniga  tuproqqa  berilsa,  o‘simliklar  yaxshi
              rivojlanib, serbarg va ser ko‘sak bo‘lib rivojlangan.

                   Fosforli o‘g‘itlar tuproq tipiga bog‘liq ravishda 3 dan 10 s/ga gacha

              qo‘shimcha  hosilni  shakllantiradi.  Fosforli  o‘g‘itlar  samaradorligi  va
              tuproqdagi  xarakatchan  fosfatlar  o‘rtasida  korrelyativ  bog‘liqlik

              mavjudligi aniqlangan. Fosforli o‘g‘itlar xarakatchan fosfor bilan past va

              o‘rtacha ta’minlangan tuproqlarda ko‘proq samara beradi.
                   Tuproqdagi  xarakatchan  fosfatlarning  miqdori  asosida  fosforli

              o‘g‘itlar meyorini tabaqalashtirish paxtadan mo‘l va sifatli hosil olishini

              kafolatlaydi (24-jadval).
                                                                                               24-jadval

                    Agrokimyoviy xaritanoma ma’lumotlari asosida fosforning

                                           yillik  me’yorini hisoblash


              Tuproqning xarakatchan fosfor             Tuzatish              O‘g‘it meyori, kg/ga
               bilan ta’minlanganligi, mg/ga          koeffitsienti      Yo‘riqnoma         Xaritanoma
                                                                           bo‘yicha           bo‘yicha
                 Juda kam              0-15               1,50                116                174
                    Kam               16-30               1,25                116                145
                 O‘rtacha             31-45               1,00                116                116
                   Ko‘p               46-60               0,75                116                85
                 Juda ko‘p         60 dan ko‘p         0,50-0,30              116               58-35


                   Paxtadan yuqori va sifatli hosil yetishtirishda fosforli o‘g‘itlarning
              ahamiyati  katta.  Ko‘p  sonli  dala  tajribalari  ma‘lumotlarining

              ko‘rsatishicha,  fosforli  o‘g‘itlar  hisobiga  bo‘z  tuproqlarda  2-3  s/ga,

              o‘tloqi  tuproqlarda  3-5  s/ga,  ayrim  allyuvial  tuproqlarda  esa,  6-7  s/ga
              qo‘shimcha paxta hosili olis mumkin.




                                                          140
   135   136   137   138   139   140   141   142   143   144   145