Page 135 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 135

Bo‘z       tuproqlar       serkarbonatli        tuproqlar      jumlasiga        kiradi.

              Tuproqlarimizdagi  karbonatlar  (CaCO3)  miqdori  o‘rtacha  10-20  %
              bo‘lib,  ayrim  hollarda  30  foizdan  ham  oshadi.  Tuproq  eritmasining

              ishqorli  bo‘lishi  fosfat  ionlarining  mustahkamlanib  qolishiga  sabab

              bo‘ladi. Mintaqamiz tuproqlarida fosforning kimyoviy bog‘lanishi jadal
              kechadi,  shu  sababdan  ham  solinadigan  fosforli  o‘g‘itlarning  asosiy

              qismi  tuproq  bilan  birikib,  o‘simlik  o‘zlashtira  olmaydigan  shaklga

              o‘tadi. Bo‘z tuproqlar tarkibidagi xarakatchan fosforning kamligi bilan
              boshqa tuproqlardan ajralib turadi.

                   Paxtachilikda o‘tkazilgan ko‘p sonli tajribalarning natijalari fosforli

              o‘g‘itlarni ishlatishdan oldin tuproqdagi xarakatchan fosfatlar miqdorini
              aniqlash  lozimligini  ko‘rsatgan.  Xarakatchan  fosfatlar  deganda,

              muayyan tuproq sharoitida o‘simliklar tomnidan oson o‘zlashtiriladigan

              fosfor  shaklari  tushuniladi.  Bunday  shakldagi  fosfor  miqdori  odatda
              tuproqdagi yalpi fosforning 1-2 foizini ashkil qiladi, xolos. O‘simliklar

              kalsiy,  magniy,  kaliy  va  ammoniyning  ortofosfor  kislota  bilan  hosil

              qiladigan  tuzlarini  yaxshi  o‘zlashtiradi.  Bu  birikmalar  tarkibida  fosfor
                                  2-
              H2PO4 va HPO4 ionlari shaklida bo‘lib, oson o‘zlashtiriladi.
                   Serkarbonat  tuproqlar  tarkibidagi  xarakatchan  fosfor  miqdorini
              aniqlash usuli 1939 yilda taniqli agrokimyogar B.P.Machigin tomonidan

              ishlab  chiqilgan  va  u  xozirgi  kungacha  o‘z  ahamiyatini  yo‘qotmagan.

              Mazkur  usul  bilan  aniqlangan  xarakatchan  fosfor  miqdori  (mg/kg)
              quyidagi  gradatsiyaga  qo‘yiladi  va  tuproqlarning  ta’minlanish  darajasi

              aniqlanadi:

                   0 - 15 mg/kg juda kam;
                   16 - 30 mg/kg kam;

                   31 - 45 mg/kg o‘rtacha;
                   46 – 60 mg/kg ko‘p;

                   60 mg/kg dan<juda ko‘p.

                   Tuproq tarkibida xarakatchan fosfor miqdori o‘rtacha bo‘lsa (31-45
              mg/kg),  rejalashtirilgan  fosfor  miqdori  azot  miqdoriga  1:  0,7  nisbatda

              (ya’ni 100 kg azotga 70 kg fosfor) ishlatiladi. Agar xarakatchan fosfor

              miqdori  kam  yoki  ko‘p  bo‘lsa,  shunga  mos  ravishda  fosforli  o‘g‘it
              miqdori  o‘zgartiriladi.  Xozirgi  kunda  O‘zbekistonning  barcha


                                                          135
   130   131   132   133   134   135   136   137   138   139   140