Page 130 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 130
salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Sizot suvlar yer betiga yaqin (1-3
m) joylashgan yerlarda sug‘orish natijasida nitratlar yuvilib yer osti
suvlariga o‘tadi. Bunday yerlarda meyoridan ortiq azotli o‘g‘itlar solish
yomon oqibatlarga olib keladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, sizot va sug‘orish
suvlari paxta maydonining har gektaridan 50 kg dan ortiq azotni olib
chiqib ketadi. Keltirilgan ma’lumotlar azotli o‘g‘itlar yer osti suvlari
tarkibiga o‘tib, undan suv xavzalariga quyilishi asosida ekologiyaga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Azotli o‘g‘itlarning ekologik salbiy ta’siri
o‘g‘itlardan foydalanishda yo‘l qo‘yiladigan xatolarning natijasi
ekanligini ta’kidlash lozim. Xozirgi kunda ammiakli selitra
paxtachilikdagi asosiy azotli o‘g‘itlardan biri hisoblanadi. U oson
o‘zlashtiriladigan va tez ta’sir etuvchi o‘g‘itlar jumlasiga kiradi.
Azotli o‘g‘itlar assortimentida mochevina muhim o‘rni tutadi.
Mochevina – qattiq azotli o‘g‘itlar ichida eng konsentrlangani bo‘lib
(tarkibida 45-46 foiz azot tutadi), dunyoda eng keng tarqalgan azotli
o‘g‘itdir. Undan turli murakkab o‘g‘itlarni olishda ham foydalaniladi.
Mochevina fizikaviy-mexanikaviy xossalari bo‘yicha ammiakli
selitradan ustun turadi: saqlash jarayonida sochiluvchanligini yaxshi
saqlaydi.
Qo‘llashning birinchi yilida g‘o‘za tomonidan o‘g‘it tarkibidagi
azotning 40-50 foizi o‘zlashtirilishi N 15 izotopini qo‘llash asosida
aniqlangan. Denitrifikatsiya tufayli tuproqdan 10-35 foiz azot (ayniqsa
nitrat shakldagi) yo‘qoladi. Mikroorganizmlar tomonidan yutilgan
azotning atigi 25 foizga yaqinigina g‘o‘za uchun yaroqli xolatga o‘tadi.
Ishqoriy muhitli tuproqlarda o‘g‘it tarkibidagi azotning bir qismi
ammiak shaklida uchib ketadi. Ammiakli tuzlar kalsiy karbonat bilan
ta’sirlashganda beqaror holatga o‘tadi. Ammiakning eng ko‘p isrof
bo‘lishi o‘g‘it tuproqqa yuza solingan xollarda kuzatiladi. Mochevina
o‘g‘iti ham tuproqqa chuqur ko‘milmasa, tezda gidrolizga uchraydi va
hosil bo‘lgan ammiak uchib ketadi. Ammiak yoki nitrat shakldagi
azotning g‘o‘za tomonidan o‘zlashtirilishiga tuproq eritmasi kationlar
tarkibi ta’sir qiladi. O‘zbekiston paxtachilik institutida olib borilgan
tajribalar asosida TSKda kalsiy kationi ko‘p bo‘lganda ammiak
130