Page 129 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 129
paxtachilikda ko‘p tajribalar o‘tkazilgan va olimlar ikki xil fikr
bildiradilar. Ayrim tadqiqotchilar azotli o‘g‘itlar yillik meyorini amal
davri davomida, bir nechta oziqlantirish tarzida berish tarafdori bo‘lsa,
ayrimlari yillik azot meyorini ekishgacha bir marotaba berish ham
ekologik, ham iqtisodiy jihatdan samarali bo‘ladi deb hisoblaydilar.
Xozirgi kunda amaliy dehqonchilikda azotli o‘g‘it yillik meyorini
g‘o‘zaning amal davri davomida bir nechta muddatda qo‘llash keng
qo‘llaniladi. Extimo‘l, kelajakda o‘g‘itlarning yangi, suvda sekin
eriydigan va o‘simlikka asta-sekin ta’sir etadigan shakllari ishlab
chiqilsa, o‘g‘it meyorini bir marta qo‘llashga imkoni yatyaratiladi.
Azotli o‘g‘itlarning ozroq qismini (20-30 kg) bahorda yerni ekishga
tayyorlashda yoki ekish bilan bir paytda (15-20 kg/ga) berish tavsiya
qilinadi. Ekishgacha beriladigan o‘g‘itlar tuproqning 10-12 sm
qatlamiga tushishi lozim. Bu davrda qo‘llaniladigan azot g‘o‘zani tez
rivojlantiradi, hosil elementlari shakllanishini tezlashtiradi, paxta xom
ashyosining sifatini oshiradi.
Ekishgacha va ekish bilan o‘g‘itlashda azotli o‘g‘itlarni fosforli
o‘g‘itlar bilan birgalikda qo‘llash muhim axamiyatga ega. Fosfor
o‘simliklarning ildiz tizimini rivojlantirish bilan bir qatorda, azotning
o‘simlik tomonidan yutilishini osonlashtiradi. Tajribalar natijalarining
ko‘rsatishicha, chigit ungandan keyingi birinchi o‘n kunlikda azot
yetishmasa, o‘simlikning rivojlanishi susayadi va hosilga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi.
G‘o‘za unib chiqqandan so‘ng yoppasiga gullash davrigacha oziq
elementlarning 40 foizdan 70 foizgacha bo‘lgan qismini o‘zlashtiradi.
Demak, o‘zlashtiriladigan oziq moddalarning 30-60 foiz qismi g‘o‘za
amal davrining oxirigi davrlariga to‘g‘ri keladi. Ilmiy izlanishlarning
natijalari g‘o‘zani iyun va iyul oylarida azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish
yaxshi natija berishi aniqlangan. G‘o‘zani 3-4 chinbarg chiqarganda,
undan keyin shonalash davrida o‘g‘itlash lozim. Uchinchi oziqlantirishni
g‘o‘zaning gullash boshlangan davrida o‘tkazish maqsadga muvofiq
hisoblanadi. Oziqlantirishlarda sof azot miqdorining 60-70 kg/ga dan
oshib ketmasligiga e’tibor berish lozim. pichanlarda nitratlar
miqdorining ko‘payib ketishi insonlar va chorva mo‘llarining
129