Page 128 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 128
azotning hal qiluvchi ahamiyati ushbu davrdan boshlanadi. Shonalash
davrida berilgan azot g‘o‘zaning gullash va hosil tugish jarayonlarini
tezlashtiradi. Azotga talabchanlikning to‘rtinchi davri gullash va ko‘sak
hosil qilish davriga to‘g‘ri keladi. Bu davr ancha cho‘ziq bo‘lib, uning
boshlarida o‘simlik ko‘p miqdorda quruq modda to‘playdi va tabiiyki,
tuproqdan ko‘p miqdorda azotni o‘zlashtiradi. Shonalash va gullash
davrida berilgan azotli o‘g‘itlar tuproqda yetarlicha azot to‘planishini
ta‘minlaydi. Gullashning boshlanishida berilgan azot hosil elementlarini
saqlanib qolishi va ko‘saklarni yirik bo‘lishni ta’minlaydi. Bu davrdagi
azot tanqisligi ko‘saklar sonining kamayishi va hajmining kichrayishiga
olib keladi. Ayni davrning oxirida o‘simlik vegetativ qismlarining
o‘sishi sekinlashadi va tuproqdan azotning o‘zlashtirilishi ham sezilarli
darajada kamayadi.
G‘o‘zaning azotga ehtiyojini so‘nggi, beshinchi davri birinchi
ko‘sak ochilguncha bo‘lib, bu davrda o‘simlikning ildiz tizimi va
vegetativ qismlari o‘sishdan to‘xtaydi. Bu davrda azotli o‘g‘itlar bilan
oziqlantirish foyda bermaydi. Agar azot kech (avgust) muddatda berilsa,
o‘simlikda kech kuzdagi rivojlanish ya’ni ikkilamchi o‘sish (ko‘k poya,
o‘suv shoxlari va barglar paydo bo‘ladi) sodir bo‘ladi va hosilning
pishib yetilishi kechikadi.Yosh barglar o‘sishga moyil bo‘lganidan
ko‘saklarning ochilishini kechiktirib yuboradi. Xatto defoliantlar
ta’sirida ham to‘kilishi qiyin bo‘ladi. Azotli o‘g‘itlarni qo‘llash bar vaqt
tugallansa g‘o‘za barglari yirik bo‘lib, vegetatsiya davrining
o‘rtalaridayoq o‘simlikda plastik va zahira moddalar ko‘p to‘planadi,
hosil organlari paydo bo‘la borgani sari ana shu moddalar bilan yetarli
ta’minlanib turadi. Bu hol ko‘saklarning ko‘plab saqlanib qolishini va
ularning rivojlanishini tezlatadi. G‘o‘zalar avgustning ikkinchi yarmidan
o‘tganida biologik voyaga etadi, barglari dag‘allashadi. Natijada
defolyasiyani barvaqt va sifatli o‘tkazish imkoniyati tug‘iladi.
Tajribalar natijalarining ko‘rsatishicha, g‘o‘za nihollari unib
chiqqandan qiyg‘os gulga kirguncha umumiy talab etiladigan azotnnig
40-70 foizini o‘zlashtirsa, qolgan 30-60 foizi amal davrining ikkinchi
qismida o‘zlashtiradi. Azotli o‘g‘itlar samaradorligini oshirish ko‘p
jihatdan ularni o‘z muddatida qo‘llash bilan bog‘liqdir. Bu borada
128