Page 126 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 126

o‘gitlardan  (birinchi  navbatda  go‘ngdan)  unumli  foydalanish,  dukkakli

              va  dukkakli-don  ekinlarni  ko‘proq  ekish,  almashlab  ekishni  yo‘lga
              qo‘yish, bakterial preparatlarni qo‘llash shular jumlasiga kiradi.

                   Sug‘orish, o‘gitlardan samarali foydalanish asosida tuproqdagi azot

              zaxirasi  oshib  borishi  aniqlangan.  Masalan,  tipik  bo‘z  tuproqlar
              o‘zlashtirilgandan  keyin  100  yil  o‘tgach,  ulardagi  yalpi  azot  miqdori

              5,18 t/ga dan 8,97 t/ga ga etgan. O‘zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot

              institutida o‘tkazilgan 40 yillik dala tajribasida xar yili gektariga 150 kg
              azot, 100 kg fosfor va 75 kg kaliy berilgan variantda azot balansi 85,6

              kg/ga  ni  tashkil  qilgan.  Azotli  o‘g‘it  berilmagan  variantda  ham

              tuproqdagi  mikroorganizmlar  va  g‘o‘zapoya  qoldiqlari  hisobiga  ushbu
              balans 33,1 kg/ga bo‘lishi aniqlangan.

                   Taniqli  agrokimyogar  S.A.Kudrinning  ta’kidlashicha,  Farg‘ona

              vodiysining  dehqonlari  mineral  o‘g‘itsiz  dehqonchilik  tizimida  suv
              xavzalarining cho‘kindilari, eski devor qoldiqlari va «sho‘rtuproq» larni

              qo‘llash hisobiga tuproqlarda ijobiy azot balansini saqlab turganlar.

                   Paxtachilikda  azotli  o‘g‘itlardan  samarali  foydalanish  uchun
              g‘o‘zaning  mazkur  elementga  talabchanligini  bilish  lozim.  Buning

              uchun g‘o‘za va uning tana qismlari muntazam ravishda kimyoviy taxlil
              qilinadi.  G‘o‘za  tana  qismlaridagi  azot  miqdori  turli  omillar  ta‘sirida

              o‘zgarib turadi. Masalan, o‘simlik qarigani sari uning tarkibidagi yalpi

              azot  (shuningdek,  oqsil  va  nooqsil  shakldagi  azot)  miqdori  kamayib
              boradi.  G‘o‘zaning  navi,  qo‘llaniladigan  agrotexnikaviy  tadbirlar,  ob-

              havo  va  tuproq  sharoitlari  ham  g‘o‘zaning  kimyoviy  tarkibiga  ta‘sir

              ko‘rsatadi.  Odatda,  tuproqda  azot  miqdori  ko‘p  bo‘lsa,  o‘simlik
              tarkibidagi azot ham ko‘payadi. G‘o‘zaning ayrim tana qismlaridagi azot

              miqdori taqqoslansa, eng ko‘p azot barglarda, eng kami esa poyalarda
              kuzatiladi.  Agar  tuproq  eritmasida  azot  yetarli  bo‘lmasa,  o‘simlik

              tarkibidagi azot ham kamayadi va bu xol bosh poya va g‘o‘za shoxlarida

              azot miqdorining kamayishida namoyon bo‘ladi.
                   G‘o‘za aksariyat o‘simliklardan farqli o‘laroq, amal davri davomida

              azotga  extiyoj  sezadi.  O‘simlik  rivojlanib  borgani  sari  tuproqdan

              ko‘proq  azotni  o‘zlashtiradi,  qaysiki,  o‘simlik  quruq  massasining
              shakllanishi  bilan  bevosita  bog‘liqdir.  Masalan,  g‘o‘za  shonalash


                                                          126
   121   122   123   124   125   126   127   128   129   130   131