Page 123 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 123
rejasida paxta tolasining texnologik sifati ko‘rsatkichlari va paxta
tolasining chiqishini hamda 1000 dona chigitning absalyut massalarini
aniqlash ham ko‘zda tutilgan bo‘lsa, u holda o‘rtacha ko‘sak massasini
aniqlash uchun olingan paxta namunalaridan foydalaniladi. Paxta
tolasining chiqimi tolaning texnologik sifat ko‘rsatkichlari, ya’ni metrik
nomeri, (mikrometr) pishiqligi, buraluvchanligi va hakozo ko‘rsatkichlar
hamda 1000 dona chigitning massasini aniqlash uchun alohida mavjud
bo‘lgan uslubiyatlarga asoslanib aniqlanadi. Paxta tolasining chiqimini
va 1000 dona chigitning massasini aniqlash uchun olinadigan paxta
namunalari 20 kg. dan kam bo‘lmasligi kerak.
Dala tajribalarida uning maqsadiga qarab paxta hosilini mashinada
ham terish mumkin. Buning uchun g‘o‘za kimyoviy modda (defoliant)
lar bilan ishlanib, o‘simlikning bargi yaxshilab to‘kilib, keyingina paxta
mashinada teriladi. Tajribadagi g‘o‘zadan o‘simlik o‘suv vegetatsiya
davrining oxirida hamma variantdagi g‘o‘zalardan 1-5 tup olib quritib,
bir tup o‘simlikning massasini va agrokimyoviy analizlar hisobiga
o‘simlik tarkibidagi ozuqa moddalar miqdori aniqlanadi: Ushbu
o‘simliklar ham g‘o‘za bargi sun’iy holda tokilishidan oldin olinadi.
Paxtani terishdan oldin g‘o‘za bargi sun’iy holda to‘ktirib bo‘lingandan
keyin oradan 8-10 kun o‘tgach paxta terimi mashinasining burilishi
uchun zarur bo‘lgan joylar tayyorlanadi. Buning uchun uvatdagi g‘o‘za
paxtalari terib o‘rib olinadi. Bu joyning kengligi 5 m dan kam
bo‘lmasligi kerak. Burilish joylari yaxshilab tekislab, o‘rilgan g‘o‘zalar
yana bir marotaba ochilgan ko‘saklar terilib, terim mashinasi ishiga
xalaqit bermaydigan joyga chiqarib qo‘yiladi.
Nazorat topshiriqlari
1. Bir tonna chigitli paxtadan necha kg tola, momiq va chigit
olinadi?
2. Paxtachilikda o‘tkaziladigan ilmiy tajribalarda hosildorlikni
oshirishda o‘git qo‘llash tizimining vazifalari?
3. O‘g‘itlar bilan dala tajribalari olib borish deganda nimani
tushunasiz?
4. Ilmiy ishda asosan qanday natijalariga asoslanib ish yuritiladi.
123