Page 118 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 118
olingan ko‘saklar soni yozib qoyiladi. O‘rtacha ko‘sak massasini
aniqlash uchun paxta har xil chiqindilardan tozalanib meyorigacha
quritilib, aniq o‘lchaydigan torozida tortiladi va terib olingan ko‘saklar
soniga bo‘linadi. Olingan ma’lumotlar, ya’ni o‘rtacha ko‘sak massasi
tortiladi, hosil shoxlar bo‘yicha alohida yoki uchala terimdan oldin
aniqlangandagi natija qo‘shilib o‘rtachasi boyicha ham solishtirilib
xulosa qilinishi mumkin.
O‘rtacha ko‘chat qalinligini aniqlash. Dala tajribalarida muhim
ko‘rsatkichlardan biri o‘rtacha ko‘chat qalinligini aniqlash bo‘lib
hisoblanadi. Ko‘chat qalinligi deganda tajriba maydonining hisobga
olish qismidagi ko‘chatlar soni aniqlanib, bir gektarda necha ming tup
holatiga keltirishdan iboratdir.
Ko‘chat qalinligi ham o‘z navbatida hosildorlikni belgilovchi asosiy
omillardan biri bolib hisoblanadi. Shuning uchun olingan qo‘shimcha
hosilning to‘g‘ri ekanligini aniqlash uchun ham ko‘chat qalinligi hisobga
olinadi. O‘rganilayotgan omilning ko‘chat qalinligiga ta’siri bor-
yo‘qligini aniqlash bilan birga, hisoblanib agarda omil ta’siri ko‘chat
qalinligiga bog‘liqligi sezilmasa hisoblash maydonidagi o‘simtiklar
sonini hamma variantlarda bir xilligi ta’minlash maqsadga muvofiqdir.
Shundagina omilning ta’siri hosildorlikka nisbatan aniq bo‘ladi.
G‘o‘za ustida olib boriladigan dala tajribada ko‘chat qalinligi
g‘o‘zaning navidan va turidan qat’iy nazar ikki muddatda aniqlanadi.
Birinchi marotaba ko‘chat qalinligi, g‘o‘za ko‘chati yaganadan
chiqqandan keyin, ikkinchi marotaba esa vegetatsiya davrining oxirida
aniqrog‘i oxirgi paxta terishdan oldin aniqlanadi.
Birinchi marotaba g‘o‘za yaganadan chiqqandan keyin aniq
miqdorda qoldirilib o‘simlik o‘suv davri davomida o‘rganilayotgan
omilning o‘simlikni hayot faoliyatiga qanchalik ta’sir etishi hisobiga
o‘simlikning nobud bo‘lishiga olib kelishini aniqlash mumkin. Bundan
tashqari, har xil mexanik ta’sirlar, traktoming ishchi organlari gildiragi
va tuproqqa ishlov beruvchi ishchi moslamalari hamda o‘g‘itlagich va
har xil kimyoviy moddalar bilan ishlov beruvchi moslamalar ta’siridan
o‘simlikni sinib, yo‘qolishini ham hisobga olish mumkin. Begona
o‘tlarga kimyoviy ta’sir etuvchi gerbetsidlami va har xil kasallik hamda
118