Page 119 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 119

hashoratlarga  qarshi  kurashuvchi  kimyoviy  moddalaming  ham  ta’siri

              bo‘lishi  mumkin.  Shu  omillar  ta’sirida  o‘simliklarning  zararlanishini
              ta’sirini yoki kamayishini ham hisoblash mumkin.

                   Dala  tajribalarida  ko‘chat  qalinligini  har  ikkila  muddatda  ham

              aniqlab  olish  uchun  hisobga  olish  qatorlaridagi  yoki  maydonlaridagi
              o‘simliklar  soni  birma-bir  hisoblab  chiqiladi  va  nazariy  o‘simliklar

              soniga  nisbatan  foiz  bilan  aniqlanadi.  Agar  tajribaning  hisobga  olish

              maydonining  uzunligi  yuz  metr  bo‘lib,  ekish  sxemasi  60  x  30  -  2
              bo‘lganda nazariy o‘simliklar soni quyidagicha aniqlanadi.

                   Ekish sxemasi bo‘yicha har 0,3 metrda bittadan uya bo‘lsa, u holda

              yuz metrdagi uyalar soni (100:0,3 - 333,3)=333,3 donaga teng bo‘ladi.
              Hisobga  olish  qatorlari  soni  to‘rt  qatordan  iborat  bo‘lib,  u  holda  shu

              hisobga  olish  qatorlaridagi  uyalar  soni  (333,3  x  4  =  1333,2)=1333,2

              donaga  va  har  uyada  ikki  donadan  o‘simlik  mavjud  bo‘lsa  u  holda
              nazariy uyalar soni (1333,2 x 2 = 2666,4) 2666,4 donaga teng bo‘ladi.

                   Agar  yuqoridagi  nazariy  uyalar  soni  bo‘yicha  ko‘chat  qalinligini

              hisoblab  chiqqanimizda  2450  donaga  teng  bo‘lsa  ko‘chat  qalinligi
              quyidagicha topiladi:

                                                   2666,4- 100%
                                                       2450 – X

                               X =2450*100/2666,4=92,7% ga teng bo‘ladi.

                   Misol:    hisobga  olish  maydoni  240  m/kv  bo‘lib,  ushbu  ko‘chat
              sonini ko‘chat qalinligiga aylantirilganda har gektar maydonidan (10000

              m/kv x 245: 240 = 102,1) 102,1 ming tupga teng bo‘ladi.

                   Shu usul bo‘yicha vegetatsiya davrining oxirida ham aniqlanadi va
              g‘o‘zaning  o‘sishi  va  rivojlanishi  davomida  qancha  o‘simlik

              yo‘qolganligi ham aniqlanadi. Agar vegetatsiya davrining oxirida 2350
              donani  tashkil  etsa,  u  holda  yo‘qolgan  ko‘chatlar  soni  quyidagicha

              aniqlanadi:

                                                      2450 - 100
                                                       2350 – X

                   X  =  2350  *100/2450  =  95,9%  ga  teng  bo‘lib,  nobud  bo‘lgan

              o‘simliklar soni 2450 - 2350 = 100 tup yoki 100 - 95,9 = 4,1% ga teng
              bo‘ladi.  Demak,  kuzatilayotgan  variantda  g‘o‘zaning  vegetatsiya  davri


                                                          119
   114   115   116   117   118   119   120   121   122   123   124