Page 114 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 114
Dala tajribasi bu nazariy izlanishlarni qishloq xo‘jalik amaliyoti
bilan bog‘lovchi zvenodir va u agrokimyoda keng qo‘llaniladi hamda
o‘g‘itlar ta‘sirini o‘rganishdagi asosiy yetakchi usuldir. Dala tajribalarini
otkazish turli tuproq-iqlim sharoitlarida o‘g‘itlar meyorini, qo‘llash
muddati va usulini aniqlashda, iqtisodiy samaradorligini belgilashda
asosiy yo‘ldir.
Go‘zada fenologik kuzatuvlar olib borish. Paxtachilikda ilmiy
tadqiqotlar olib borishda o‘rganilayotgan omillaming o‘simlikning
o‘sish va rivojlanish jarayoniga ijobiy yoki salbiy ta’sirini o‘rganishda,
hodisalarga to‘g‘ri baho berishda kuzatuvlaming ahamiyati katta. Ilmiy
ishda asosan kuzatish va eksperiment natijalariga asoslanib ish
yuritiladi. Kuzatish deganda, o‘rganilayotgan faktoming o‘simlikka son
va sifat jihatdan ta’sirini kuzatib amalga oshishigacha olib boradi. Ob-
havo stansiyalarida har kuni havoning harorati va yogin miqdori
kuzatilib hisobga olib boriladi. Sinchkovlik va kuzatuvchanlik
tadqiqotchi uchun hos bo‘lgan xususiyat. Vegetatsiya davomida
o‘simlikda kuzatiladigan o‘zgarishlarni o‘rganishda va baho berishda
ko‘r-ko‘rona yondashish yaramaydi. Asosiy e’tibor o‘zgarishlami qayd
e’tishda emas, balki uni keltirib chiqargan hodisolarda. Ya’ni,
tadqiqotchi g‘o‘zaning o‘sish- rivojlanishi, hosildorligi va sifat
ko‘rsatkichlaridagi har bir o‘zgarishlami kuzatuvlar davomida qayd
etibgina qolmay, bu o‘zgarishlami keltirib chiqargan sabablami
o‘rganishi, “qanday?”, “nima uchun?” degan savollarga javob topishi
lozim. Kuzatuvlar ichida eng keng tarqalgan va ahamiyatligi “fenologik
kuzatuvlar” hisoblanadi. Fenologik kuzatuvlar deganda - ilmiy tadqiqot
davomida o‘simlikning tashqi belgilari, ya’ni vegetativ va generativ
organlaridagi o‘zgarishlami o‘rganishga aytiladi. Fenologik kuzatuvlar
ma’lum bir tartibda har oyning dastlabki kunlari har bir variantning
hisobli maydonidagi maxsus yorliqlar bilan ajratilgan 100 ta o‘simligida
olib boriladi. Odatda paxtachilikda fenologik kuzatuvlar 4-qatorli
delyankalarda 2 va 3 qatorlardagi, 8 qatorli delyankalarda esa 3,4,5 va 6
qatorlardagi alohida yorliqlar bilan ajratilgan o‘simliklarda olib boriladi.
(14-rasm)
114