Page 113 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 113
4. Tuproq haritasi va agrokimyoviy kartogrammasi
ko‘rsatkichlariga ko‘ra o‘gitlami to‘g‘ri qo‘llash. Yuqoridagilardan kelib
chiqib D.N. Pryanishnikov «O‘gitlardan to‘g‘ri foydalanish mo‘l, sifatli
va barqaror hosil yetishtirishda hamda mamlakatda maxsulot mo‘l-
ko‘lligini yaratishda juda katta ahamiyatga egadir» deb yozgandi.
O‘simliklaming o‘gitga bo‘lgan talabini ilmiy izlanishlar orqali
o‘rganish ekinlar hosilini oshirishda va maxsulot sifatini yaxshilashda
hamda tabiatni muhofaza qilishda muhim ahamiyatga ega. Chunki, o‘git
tarkibidagi alohida olingan oziq elementlari, azot, fosfor, kaliy va
boshqalarning o‘ziga hos spetsefik funksiyalari bor. Masalan, azot
o‘simlik xujayrasi protoplazmasining tarkibiy qismini tashkil etib, oqsil
moddasini hosil qilishda muhimdir.
Fosfor ham azot singari murakkab oqsil tarkibiga kiradi va har bir
tirik hujayra uchun zarur modda hisoblanadi. Agar tuproqda
o‘zlashuvchi fosfor yetishmasa g‘o‘za sust va nimjon o‘sadi. Natijada
paxta hosili 15-20% ga kamayadi, mahsulot sifati sezilarli
yomonlashadi.
O‘simliklarning oziqlanishida kaliy ham muhimdir, u o‘simliklami
sersuv qiladi, bu esa o‘z navbatida o‘simlik organizmidagi ko‘plab
biokimyoviy jarayonlarning normal kechishi uchun zarur. G‘o‘zada
kaliy ta’minoti yaxshi bo‘lsa paxta tolasi mustaxkamlanadi, kaliy yetarli
bo‘lsa g‘o‘za har-xil kasalliklardan saqlanadi. G‘o‘za va paxtadagi
yog‘lar, oqsil, kletchatka uning oziqlanishiga bog‘liq o‘zgaradi, ulardan
tashqari azot, fosfor hamda turli boshqa kimyoviy elementlar uchraydi.
Demak, mineral va organik o‘g‘itlami ilmiy asoslangan holda to‘g‘ri
rejalashtirish, qo‘llash g‘o‘za va boshqa qishloq xo‘jalik ekinlari hosilini
oshirishda, mahsulot sifatini yaxshilashda muhim ahamiyatga egadir.
Barcha yuqoridagi keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra aytish
mumkinki, mamlakatimizda o‘gitlardan samarali foydalanish, qishloq
xo‘jalik ekinlari hosildorligini oshirish maxsulot sifatini yaxshilash va
tuproq unumdorligini oshirish uchun turli dala tajribalari qo‘yish yo‘li
bilan ilmiy izlanishlar olib borish kerak.
O‘g‘itlar bilan dala tajribalari - bu o‘g‘itlarni qishloq xo‘jalik
ekinlari hosiliga, sifatiga hamda tuproq unumdorligiga ta’sirini o‘rganish
bo‘yicha dala sharoitida o‘tkaziladigan tajribadir.
113